Super-kontrakt narxlari arzonlaşişi kutilmoqda

Matn10-sentabr, 2019, 16:101 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Super-kontrakt narxlari arzonlaşişi kutilmoqda

Yaqinda qabul qilinişi rejalaştirilayotgan Davlat qabul komissiyasi qarori bilan, super-kontrakt narxlari arzonlaşişi kutilmoqda ekan.

Bunga sabab super-kontrakt narxlari stipendiyasiz tölanadigan kontrakt miqdoriga nisbatan belgilanar ekan.

Şunçaki misol uçun:

Ötgan yili super-kontrakt miqdori 11 mln sömning 15 barobari, yaʼni 165 mln söm etib belgilangan bölsa, joriy yilda 1 yillik stipendiya miqdori (4,8 mln söm) çegirib taşlanib, 6 mln 200 ming sömning 15 barobari, yaʼni 93 mln söm etib belgilanadi.

Boşqaça aytganda super-kontrakt miqdorlari quyidagiça arzonlaşadi:

10 barobarda - 48 mln sömga;
15 barobarda - 72 mln sömga;
20 barobarda - 96 mln sömga;
25 barobarda - 120 mln sömga.

Faqat birgina jihati, joriy yildan boşlab Davlat qabul komissiyasi super-kontraktning faqat minimum miqdorini belgilab beradi, OTMlar şu minimumdan kam bölmagan holatda super-kontrakt narxini özlari mustaqil belgilaş huquqiga ega böladi.

Lekin şunda ham baribir ötgan yilgidan arzonroq bölsa kerak. Yana ham kim bilsin, kutaylikçi, bir gap bölar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek