Super-kontrakt narxlari va tartibi haqida maʼlumot
«Super kontrakt» narxi qança va kimlar uçun?
#abituriyent
Test natijalari çiqişni boşlagaç, abituriyentlardan qöşimça kontrakt (xalq tilida "super kontrakt") haqida savollar köpaydi. Şularni inobatga olib, qöşimça kontrakt haqidagi ayrim savollarga javob berişga harakat qilaman.
Qöşimça kontrakda öqiş uçun neça ball oliş kerak?
Farqi yöq. Testga kirgan bölsa, kifoya. 1 ball olgan bölsa ham, qöşimça kontraktda öqişi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.
Qöşimça kontrakda öqişni xohlaganlar qaçon ariza beriş kerak?
Öqişga kira olmagan abituriyentlar qöşimça kontraktda öqiş uçun test natijalari eʼlon qilingandan boşlab 1 oy içida ariza berişi kerak.
Ariza qayerga beriladi?
Qöşimça kontraktda öqiş istagida bölganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.
Qöşimça kontraktning narxi qança?
Qöşimça tölov-kontrakt miqdori amalda örnatilgan tölov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1-toifa
Kiriş çiziğiga 4 ball yetmaganlar nisbatan ança arzon kontrakt tölaydi. Jumladan:
1 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun - 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar uçun - 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar uçun - 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar uçun - 3,0 barobar.
Masalan, kiriş bali 140 bölgan deylik. 139 ball töplagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini tölaydi. Masalan, asli 10 mln söm kontrakt bölsa, 15 mln söm tölasa kifoya.
138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini tölaydi, yaʼni 20 mln söm. Va h.k.
2-toifa
56,7 balldan köp töplagan, lekin kiriş çiziğiga 4 balldan köproq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan oşiq miqdorda tölaydi.
Masalan, yana öşa kiriş 140 ball bölgan yönalişni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan köp töplaganlar 2-toifaga tuşadi.
Joriy yilda 2-toifa uçun narxlar hali tasdiqlanmadi. Ötgan yildagi narxlarni quyidagi manzildan (https://t.me/xushnudbek/826) körib olişingiz mumkin. Şuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar özlari belgilaşadi.
3-toifa
56,7 balldan kam töplaganlar 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini tölab öqişlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bölsa, 56,7 balldan kam töplaganlar 30 barobar tölab, super-muper kontraktda öqişi mumkin.
Qöşimça kontrakt har yili tölanadimi yoki bir marta?
Bir marta tölanadi. 1-öquv yilini tugatgandan söng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni tölab öqişadi.
Magistraturada ham qöşimça qabul bormi?
Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga öxşab tabaqalaştirilgan qimmat kontrakt tölanmaydi, oddiy kontrakt narxi qança bölsa, qöşimça qabul qilingan magistrlar ham şunça tölaşadi.
Super-kontraktni bölib-bölib tölasa böladimi?
Yöq, ming afsuski hozirgi qoidalar böyiça super-kontraktni töliq tölaş talab etiladi. 100% tölangandan keyingina buyruq çiqariladi. Lekin bölib-bölib tölaş imkoniyatini yaratiş kerak, menimça.
Super-kontrakt uçun taʼlim krediti olsa böladimi?
Yöq, super-kontrakt uçun taʼlim krediti beriş amaldagi qonunçilikda belgilanmagan.
ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik iş haqiga nisbatan emas, öşa yönalişdagi kontrakt narxiga nisbatan. Yaʼni kontrakt 10 mln söm bölsa, 15 barobar bölganda qöşimça kontraktda 150 mln söm tölanadi.
Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈



