Super kontrakt narxi va tartibi haqida maʼlumot

Matn4-sentabr, 2020, 18:393 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

«Super kontrakt» narxi qança va kimlar uçun?

#abituriyent

Test natijalari çiqişni boşlagaç, abituriyentlardan qöşimça kontrakt (xalq tilida "super kontrakt") haqida savollar köpaydi. Şularni inobatga olib, qöşimça kontrakt haqidagi ayrim savollarga javob berişga harakat qilaman.

• Qöşimça kontrakda öqiş uçun neça ball oliş kerak?

Farqi yöq. Testga kirgan bölsa, kifoya. 1 ball olgan bölsa ham, qöşimça kontraktda öqişi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

• Qöşimça kontrakda öqişni xohlaganlar qaçon ariza beriş kerak?

Öqişga kira olmagan abituriyentlar qöşimça kontraktda öqiş uçun test natijalari eʼlon qilingandan boşlab 1 oy içida ariza berişi kerak.

• Ariza qayerga beriladi?

Qöşimça kontraktda öqiş istagida bölganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

• Beşta yönalişdan qaysi birida öqiş mumkin?

Ötgan yili istalgan 3 ta yönalişdan birida super-kontraktda öqişga ruxsat berilgandi. Joriy yilda ham istalgan beşta yönalişdan birida öqişga ruxsat berilsa kerak.

• Qöşimça kontraktning narxi qança?

Qöşimça tölov-kontrakt miqdori amalda örnatilgan tölov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

•1-toifa

Kiriş çiziğiga 4 ball yetmaganlar nisbatan ança arzon kontrakt tölaydi. Jumladan:

1 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun - 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar uçun - 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar uçun - 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar uçun - 3,0 barobar.

Masalan, kiriş bali 140 bölgan deylik. 139 ball töplagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini tölaydi. Masalan, asli 10 mln söm kontrakt bölsa, 15 mln söm tölasa kifoya.

138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini tölaydi, yaʼni 20 mln söm. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan köp töplagan, lekin kiriş çiziğiga 4 balldan köproq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan oşiq miqdorda tölaydi.

Masalan, yana öşa kiriş 140 ball bölgan yönalişni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan köp töplaganlar 2-toifaga tuşadi.

Joriy yilda 2-toifa uçun narxlar hali tasdiqlanmadi. Ötgan yildagi narxlarni quyidagi manzildan (t.me/xushnudbek/3180) körib olişingiz mumkin. Şuningdek, joriy yildan super-kontrakt narxlarini OTMlar özlari belgilaşadi.

3-toifa

56,7 balldan kam töplaganlar (masalan, 1 ball bölsa ham) 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini tölab öqişlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bölsa, 56,7 balldan kam töplaganlar 30 barobar tölab, super-muper kontraktda öqişi mumkin.

• Qöşimça kontrakt har yili tölanadimi yoki bir marta?

Bir marta tölanadi. 1-öquv yilini tugatgandan söng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni tölab öqişadi.

• Magistraturada ham qöşimça qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga öxşab tabaqalaştirilgan qimmat kontrakt tölanmaydi, oddiy kontrakt narxi qança bölsa, qöşimça qabul qilingan magistrlar ham şunça tölaşadi.

• Super-kontraktni bölib-bölib tölasa böladimi?

Ötgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bölib yoki hattoki oylarga bölib tölaş imkoniyati ham berilgan edi. Joriy yilda ham berilsa kerak.

• Super-kontrakt uçun taʼlim krediti olsa böladimi?

Yöq, super-kontrakt uçun taʼlim krediti beriş amaldagi qonunçilikda belgilanmagan. Lekin banklar bozor narxlarida öz kreditlarini taklif etişi mumkin.

‼️ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik iş haqiga nisbatan emas, öşa yönalişdagi stipendiyasiz kontrakt narxiga nisbatan. Yaʼni stipendiyasiz kontrakt 7 mln söm bölsa, 10 barobar bölganda qöşimça kontrakt uçun 70 mln söm tölanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Test natijalarini bilişning muqobil usullari

    01 daqiqa

  2. Test natijasini bilişning sodda usuli

    07 daqiqa

Yana oʻqing