Super-kontrakt narxini hisoblaş tartibi tuşuntirildi
❓Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?
Juda köpçilikning murojaati deyarli bir xil mazmunda: «1 ball yetmay qoldi, qança tölayman», «10 ball yetmay qoldi, qança tölayman», «60 ball töplaganman, qança tölayman» va h.k.
Super-kontrakt narxi minimum qança bölişini istalgan inson özi mustaqil hisoblab olişi mumkin, buning uçun yetarli barça maʼlumotlar eʼlon qilingan. Faqat ozgina hafsala kerak xolos.
Batafsil: t.me/xushnudbek/7190
Şunday bölsa-da, super-kontrakt miqdorini qanday hisoblaş yölini yana bir bor tuşuntirişga harakat qilaman.
❗️Eng avvalo bir narsani yodda tuting, super-kontraktning eng aniq miqdorini faqat va faqat özingiz hujjat topşirgan oliy taʼlim muassasasi orqali bilişingiz mumkin. Çunki joriy yildan OTMlar mustaqil narx belgilay oladi va davlat şunçaki minimum miqdorini tasdiqlaydi xolos. Internetda «menga qança böladi, unga qança böladi» degandan köra, OTM bilan boğlanib, aniğini bilib oling. Agar hali narxlar tasdiqlanmadi, aniq emas, deyişsa, unda sabr qilib kutib turing, darrov dod-voy qilib, vahima qiliş kerakmas.
Endi minimum miqdorlar haqida.
❗️1-eslatma: super-kontrakt degan tizim kunduzgi, sirtqi, keçki taʼlimda ham bor;
2-eslatma: imtiyoz olgan, lekin kira olmagan abituriyentlar uçun umumiy kiriş baliga qarab super-kontrakt narxi belgilanadi, imtiyozlilarning ötiş baliga qarab emas.
Super-kontrakt narxi kunduzgi taʼlim şaklida stipendiyasiz tölov-kontrakt miqdoridan hisoblanadi (sirtqi va keçkida şundoq ham stipendiya yöq). Demak, quyida ilova qilingan jadvalda körsatilgan kontrakt summasini super-kontrakt barobariga köpaytirişingiz kerak.
Şuningdek, 3 ta toifadan qaysi biriga taalluqli ekanligingizni ham aniqlab olişingiz kerak.
1-toifa: kiriş çiziğiga 4 ballgaça yetmay qolgan abituriyentlar
Bunda quyidagi şkala amal qiladi:
1 ballgaça yetmasa - 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgaça yetmasa - 2 barobar;
2.1 balldan 3 ballgaça yetmasa - 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgaça yetmasa - 3 barobar.
Masalan, matematika yönalişida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda öşa abituriyent 2 barobar tölaydi. Jadvalga qarasak, matematika yönalişida kontrakt narxi 5.771.349 söm. Demak, matematika yönalişiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 11 mln 542 ming söm super-kontrakt tölaydi (2 x 5.771.349).
2-toifa: kiriş çiziğiga 4 balldan ortiq yetmay qolgan va özi 56,7 dan köp ball töplaganlar
Bunday abituriyentlar super-kontrakt uçun yönalişiga qarab pastdagi jadvalda körsatilgan oddiy kontraktning minimum 10, 15, 20, 25 barobarini tölaydi.
Masalan, iqtisod yönalişiga kiriş bali 150 ball böldi deylik. Abituriyent 70 ball töpladi. Demak, unga 4 balldan ortiq yetmay qolgan, özi ham 56,7 balldan köproq töplagan. Iqtisod yönalişiga minimum super-kontrakt 15 barobar etib belgilangan. Oddiy kontrakt esa 8.216.937 söm.
Xulosa: iqtisod yönalişi uçun super-kontrakt minimum 123 mln 254 ming söm (15 x 8.216.937).
Joriy yilgi minimum miqdorlar hali tasdiqlanmadi, ötgan yilgisi mana bu yerda: t.me/xushnudbek/3180
3-toifa: 56,7 balldan kam töplaganlar
Bunday abituriyentlar ham super-kontraktda öqişi mumkin, faqat kamida 2-toifadagilar tölaydigan summaning 2 barobarini tölaşadi. Masalan, abituriyent iqtisod yönalişiga topşirib, 40 ball töplagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 246 mln 508 ming söm tölaşi kerak (2 x 123.254.055).
Xullas, Siz özingiz töplagan ball asosida kamida taxminan qança super-kontrakt tölaşingizni bemalol özingiz hisoblab körişingiz mumkin.
Sözim sönggida yana qaytaraman, aniq summani faqat OTM orqali bila olasiz. Super-kontrakt tölaşning qolgan texnik va taşkiliy tomonlarini ham OTMlardan aniqlaştiring.
‼️Hozirgi pandemiya şaroitida darrov institutga yugurib borişingiz ham şart emas, juda köp OTMlar onlayn ariza qabul qilyapti. Öqimoqçi bölgan OTMning saytiga, Telegram kanaliga kirib köring, u yerda boğlaniş uçun kontaktlar, ariza qoldiriş uçun havolalar berilgan. Iltimos, aql bilan iş tuting.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

