Super-kontrakt narxini hisoblaş tartibi tuşuntirildi

Matn22-sentabr, 2019, 14:013 daqiqa0 koʻrish

​​Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

Juda köpçilikning murojaati deyarli bir xil mazmunda: «1 ball yetmay qoldi, qança tölayman», «10 ball yetmay qoldi, qança tölayman», «60 ball töplaganman, qança tölayman» va h.k.

Super-kontrakt narxi minimum qança bölişini istalgan inson özi mustaqil hisoblab olişi mumkin, buning uçun yetarli barça maʼlumotlar eʼlon qilingan. Faqat ozgina hafsala kerak xolos.

Şunday bölsa-da, super-kontrakt miqdorini qanday hisoblaş yölini yana bir bor tuşuntirişga harakat qilaman.

❗️Eng avvalo bir narsani yodda tuting, super-kontraktning eng aniq miqdorini faqat va faqat özingiz hujjat topşirgan OTM qabul komissiyasi orqali bilişingiz mumkin. Çunki joriy yildan OTMlar mustaqil narx belgilay oladi va davlat şunçaki minimum miqdorini tasdiqlaydi xolos. Internetda «menga qança böladi, unga qança böladi» degandan köra, OTM bilan boğlanib, aniğini bilib oling.

Endi minimum miqdorlar haqida.

Joriy yilda super-kontrakt narxi kunduzgi taʼlim şaklida stipendiyasiz tölov-kontrakt miqdoridan hisoblanadigan böldi (sirtqi va keçkida şundoq ham stipendiya yöq). Demak, quyida ilova qilingan jadvalda körsatilgan kontrakt summasini super-kontrakt barobariga köpaytirişingiz kerak.

Şuningdek, 3 ta toifadan qaysi biriga taalluqli ekanligingizni ham aniqlab olişingiz kerak.

1-toifa: kiriş çiziğiga 4 ballgaça yetmay qolgan abituriyentlar

Bunda quyidagi şkala amal qiladi:

1 ballgaça yetmasa - 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgaça yetmasa - 2 barobar;
2.1 balldan 3 ballgaça yetmasa - 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgaça yetmasa - 3 barobar.

Masalan, matematika yönalişida 1,5 ball yetmay qoldi deylik. Bunday vaziyatda öşa abituriyent 2 barobar tölaydi. Jadvalga qarasak, matematika yönalişida kontrakt narxi 5.992.960 söm. Demak, matematika yönalişiga 1,5 ball yetmay qolgan abituriyent 11 mln 985 ming söm super-kontrakt tölaydi (2 x 5.992.960).

2-toifa: kiriş çiziğiga 4 balldan ortiq yetmay qolgan va özi 56,7 dan köp ball töplaganlar

Bunday abituriyentlar super-kontrakt uçun yönalişiga qarab pastdagi jadvalda körsatilgan oddiy kontraktning minimum 10, 15, 20, 25 barobarini tölaydi.

Masalan, iqtisod yönalişiga kiriş bali 150 ball böldi deylik. Abituriyent 70 ball töpladi. Demak, unga 4 balldan ortiq yetmay qolgan, özi ham 56,7 balldan köproq töplagan. Iqtisod yönalişiga minimum super-kontrakt 15 barobar etib belgilangan. Oddiy kontrakt esa 8.532.480 söm.

Xulosa: iqtisod yönalişi uçun super-kontrakt minimum 127 mln 987 ming söm (15 x 8.532.480).

3-toifa: 56,7 balldan kam töplaganlar

Bunday abituriyentlar ham super-kontraktda öqişi mumkin, faqat kamida 2-toifadagilar tölaydigan summaning 2 barobarini tölaşadi. Masalan, abituriyent iqtisod yönalişiga topşirib, 40 ball töplagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 255 mln 974 ming söm tölaşi kerak (2 x 127.987.200).

Xullas, Siz özingiz töplagan ball asosida kamida qança super-kontrakt tölaşingizni bemalol özingiz hisoblab körişingiz mumkin.

Sözim sönggida yana qaytaraman, aniq summani faqat OTM orqali bila olasiz. Super-kontrakt tölaşning qolgan texnik va taşkiliy tomonlarini ham OTMlardan aniqlaştiring.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Sirtqi ta'lim uchun super-kontrakt tartibi

    01 daqiqa

Yana oʻqing