O'zbekistonda super-kontrakt narxlari tasdiqlandi
⚡️RASMAN: Super-kontrakt narxlari
Töplagan bali kiriş çiziğiga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan köp ball töplagan abituriyentlar uçun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Miqdorlar ötgan yilgidan deyarli özgarmagan.
Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yönalişida — 25 barobar, yaʼni 229 mln 184 ming söm.
Keyingi örinda tibbiyot yönalişiniki — 20 barobar, yaʼni 170 mln 649 ming söm.
Qolgan yönalişlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan.
❗️ESLATMA: uşbu narxlar minimal miqdor hisoblanadi. Joriy yildan boşlab OTMlar super-kontrakt narxini özi mustaqil belgilaydi, faqat asosiy şarti minimal miqdordan kam bölmasligi kerak. Yaʼni yurisprudensiyada super-kontrakt 229 mln sömdan kam bölişi mumkin emas, lekin talabga qarab bundan qimmat bölişi mumkin. Super-kontrakt narxining aniq qança bölişini OTMdan borib bilişingiz mumkin.
‼️2-ESLATMA: 56,7 balldan kam töplaganlar super-kontraktning kamida 2 barobarini tölaşadi. Masalan, yurisprudensiya kamida 50 barobar, tibbiyot kamida 40 barobar va h.k.
👉 @xushnudbek 👈
