Super-kontrakt böyiça qöşimça maʼlumotlar va yengilliklar

Matn22-sentabr, 2019, 10:242 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

⚡️RASMAN: Super-kontrakt böyiça qöşimça maʼlumotlar

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi super-kontraktlar haqida qöşimça rasmiy maʼlumotlarni maʼlum qildi:

Öqişdan yiqilib, kontraktning kiriş çiziğiga 4 balldan ortiq yetmagan hamda 56,7 dan köp ball töplagan abituriyentlar uçun super-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

👉 SUPER-KONTRAKT NARXLARI 👈

Joriy yilda abituriyentlar uçun super-kontrakt tölaşda quyidagi yengilliklar beriladi:

❗️super-kontraktni birinçi, ikkinçi va uçinçi yönalişda ham öqiş mumkin;

👉 super-kontrakt miqdorlari stipendiyasiz bazaviy tölov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanadi (yaʼni narxlar arzonlaşadi);

👉 tölovçilarning öz hohişiga köra stipendiyali tölovlar, yaʼni, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt summasiga (bir öquv yili uçun 4,8 mln söm) qöşimça tölaş mumkin. Yaʼni agar istasa 4,8 mln söm qöşib tölasa, talaba har oy stipendiya olişi ham mumkin böladi;

👉 super-kontraktni yil davomida ikkiga bölib yoki hattoki oylarga bölib tölaş imkoniyati ham beriladi;

👉 bunda super-kontrakt miqdorini oylarga bölib tölanganda ham, öquv yilining birinçi yarmi uçun kamida 50 foizi joriy yilning 1-noyabridan hamda ikkinçi yarmi uçun 2020-yilning 1-martidan keçiktirmay tölanişi lozim;

👉 yuqoridagi qoidalar kiriş çiziğiga 4 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun ham amal qiladi. Eslatib ötaman, kiriş çiziğiga 4 ballgaça yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda tölaşadi:

1 ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun - 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar uçun - 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar uçun - 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar uçun - 3,0 barobar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Sirtqi ta'lim uchun super-kontrakt tartibi

    01 daqiqa

Yana oʻqing