Super-kontrakt böyiça muhim savollarga javoblar
Köpçilik sörayotgan savollarga javoblar
❓Öqişga kirganlar boşqa yönalişga super-kontraktni tanlay oladimi?
Masalan, birinçi yönalişga bali yetmadi, lekin ikkinçi yönalişga öqişga kirdi. Abituriyent ikkinçida öqişni istamay, birinçi yönalişda super-kontraktda öqiy oladimi? Yöq, öqiy olmaydi. Agar abituriyent beşta yönalişdan qaysidir biriga xoh grant, xoh kontraktga kirgan bölsa, unda boşqa yönalişlarda super-kontrakt qilolmaydi. Faqat beşala yönalişdan birortasiga kira olmaganlargina super-kontraktda öqiy oladi.
❓ Beşta yönalişdan qaysi birida öqiş mumkin?
Ötgan yili istalgan 3 ta yönalişdan birida super-kontraktda öqişga ruxsat berilgandi. Olingan maʼlumotlarga köra, joriy yilda ham istalgan beşta yönalişdan birida (xohlasa birinçi, xohlasa beşinçi) öqişga ruxsat beriladi. Faqat yuqorida aytganimizdek, abituriyent beşala yönalişga ham kira olmagan bölişi kerak.
❓Sirtqi va keçkida ham super-kontrakt bormi?
Bor. Ötgan yili ham bölgan, bu yil ham böladi.
❗️Yanada batafsil maʼlumot: https://t.me/xushnudbek/7190
👉 @xushnudbek 👈

