Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

O‘zbekiston Ozarbayjon va Armaniston mojarosiga munosabat bildirdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

⚡️Ozarbayjon va Armaniston örtasidagi ziddiyat böyiça Özbekiston öz rasmiy munosabatini bildirdi

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi eʼlon qilgan bayonotda Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi munosabatlaridagi keskinlikning oşişi Özbekiston Respublikasida jiddiy taşviş uyğotayotganligi maʼlum qilingan.

«Özaro qarama-qarşilik çoğida harbiy kuçning işlatilişi ikki tomondan ham köplab insonlarning qurbon bölişiga olib kelişi mumkin.

Özbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdöstligida raislik qilayotgan davlat sifatida MDH hududida döstlik, yaxşi qöşniçilik munosabatlari va özaro işonçni mustahkamlaş, bahsli masalalarni xalqaro huquq normalariga qatʼiy mos ravişda tinç yöl bilan hal qilinişining muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasini harbiy harakatlarni tezda töxtatişga hamda mojaroni suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga rioya qilgan holda tinç yöl bilan bartaraf etiş maqsadida diplomatik muzokaralarni boşlaşga çaqiramiz», - deyiladi Özbekiston bayonotida.

Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek