Özbekiston TIV Qirğizistondagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

Matn6-oktabr, 2020, 22:231 daqiqa0 koʻrish

Manba:UzA | Tezkor xabarlar

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining Qirğiz Respublikasidagi vaziyat yuzasidan bayonoti

Qirğiz Respublikasida yuzaga kelgan keskin vaziyat va voqealar rivoji Özbekiston Respublikasida jiddiy taşviş uyğotmoqda.

Özbekiston yaqin qöşni va strategik şerik sifatida qardoş Qirğizistondagi vaziyatning mamlakat Konstitutsiyasi va milliy qonunçiligi normalariga muvofiq tez orada barqarorlaşuviga umid qiladi.

Özbekiston bilan Qirğiziston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş hamda mustahkamlaşga qatʼiy sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz.

Qirğizistonning barqarorligi va mustahkam rivojlanişi butun Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va farovonligining muhim omili hisoblanadi.

Hozirgi murakkab vaziyatda biz Özbekistonda köp asrlik tarixiy va qarindoşlik riştalari, umumiy madaniy hamda maʼnaviy qadriyatlar bilan mustahkam boğlangan birodar Qirğiziston xalqiga har tomonlama kömak körsatişga tayyormiz.

@uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek