Özbekiston TIV Qozoğistondagi voqealar yuzasidan bayonot berdi

Matn5-yanvar, 2022, 20:371 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qozoğistondagi voqealar yuzasidan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining bayonoti

Qardoş Qozoğistonda keçayotgan sönggi voqealar Özbekistonda xavotir bilan qabul qilinib, uşbu mamlakatdagi vaziyat rivoji diqqat bilan kuzatib borilmoqda.

Işonçimiz komil, donişmand Qozoğiston xalqi mamlakatda beqarorlik avj olişining oldini olişga, zöravonlik va insonlar orasida qurbonlar yuzaga kelişiga yöl qöymaslikning uddasidan çiqadi.

Qozoğiston xalqi özaro hamjihatlikni saqlaş, mamlakatda tinçlik va osoyiştalikni tiklaş hamda yuzaga kelgan muammolarni özi mustaqil hal qiliş uçun yetarli qatʼiyat va irodaga egaligiga işonamiz.

Özbekiston Qozoğiston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi hamda ravnaqi, millat farovonligini taʼminlaş yölida olib borayotgan saʼy-harakatlarini çeksiz qöllab-quvvatlaşini yana bir bor tasdiqlaydi.

Manba

👉@xushnudbek👈

  • 👍 1464
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek