Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining qöşma bayonoti

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

​Qozoğiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va Özbekiston Respublikasi davlat rahbarlarining Qirğiz Respublikasidagi voqealar yuzasidan qöşma bayonoti

Qardoş Qirğizistonda sodir bölayotgan voqealar bizni jiddiy taşvişga solmoqda.

Köp asrlik döstlik riştalari, yaxşi qöşniçilik, umumiy madaniy va maʼnaviy qadriyatlar bilan boğlangan yaqin qöşnilar sifatida biz uşbu qiyin kunlarda Qirğiziston xalqini mamlakatda tinçlikni saqlaş va barqarorlikni tiklaş uçun öziga xos bölgan donolikni namoyon etişga çaqiramiz.

Qirğizistonning barça siyosiy partiyalari va jamoatçilik doiralari tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, Konstitutsiya va milliy qonunçilikka sözsiz rioya qiliş bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qiliş uçun zarur bölgan saʼy-harakatlarni amalga oşirişiga umid bildiramiz.

Qirğizistonning ravnaqi mintaqaviy xavfsizlik va butun Markaziy Osiyo barqaror rivojlanişining muhim omilidir.

Mamlakatlarimizning ötmişi bir, ular umumiy kelajakni barpo etmoqda. Markaziy Osiyo xalqlarini tarixiy jihatdan kelajak avlodlar farovonligi uçun barqaror tinçlik, totuvlik va bunyodkorlik istagi birlaştiradi.

Muştarak maqsadlarga intilgan holda, davlatlarimiz savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni, çegaraoldi va hududlararo şeriklikni kengaytiriş uçun mintaqaviy hamkorlikni faol ravişda mustahkamlamoqda.

Markaziy Osiyo birdamligini yanada mustahkamlaş yölidan borar ekanmiz, biz Qirğiziston xalqini uning hamjihatlik, tinç, mustaqil taraqqiyot va farovonlik borasidagi intilişida doimo qöllab-quvvatlaymiz.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek