Super-kontrakt böyiça qöşimça yengilliklar belgilandi

Matn8-oktabr, 2020, 22:251 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Super-kontrakt böyiça qöşimça maʼlumotlar eʼlon qilindi

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt böyiça qöşimça yengilliklar belgilandi.

Eng katta yangilik, bu abituriyent özi tanlagan BIRINÇI yönalişga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yönalişlardan biriga öqişga kirgan bölsa, unda öz xohişi bilan BIRINÇI tanlagan yönalişida super-kontraktda öqişiga ruxsat beriladi.

Ötgan yillari abituriyent qaysidir yönalişga öqişga kirdimi, tamom, u boşqa yönalişda super-kontraktda öqiy olmas edi. Bu yil esa istisno tariqasida BIRINÇI yönalişda öqişga ruxsat berildi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yönalişga taalluqli emas.

Şuningdek, tanlagan beşala yönalişiga ham öqişga kira olmagan abituriyentlar istalgan beşta yönalişdan birini tanlab, super-kontraktda öqişiga ruxsat beriladi.

👉 KUNDUZGI TAʼLIM UÇUN SUPER-KONTRAKT NARXLARI
👉 SIRTQI VA KEÇKI TAʼLIM UÇUN SUPER-KONTRAKT NARXLARI

Super-kontrakt narxlari bilan yuqoridagi havolalar orqali ötib, tanişişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek