Yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş böyiça farmon loyihasi

Matn8-oktabr, 2020, 14:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Moliya vazirligi «Yaşirin iqtisodiyotni keskin qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida» Prezident farmoni loyihasini işlab çiqibdi va bugun muhokamaga qöydi.

Agar uşbu loyiha tasdiqlansa, unda 2021-yil 1-yanvardan:

a) 2022-yil 1-yanvargaça bölgan muddatga, umumiy ovqatlaniş sohasidagi kiçik biznes subyektlarining bank kartalari va kontaktsiz tölovlardan foydalangan holda jismoniy şaxslardan olingan daromadlari umumbelgilangan soliqlarni tölaşga majburiy tartibda ötiş maqsadida umumiy daromadga kiritilmasligi tartibi joriy etiladi;

b) jismoniy şaxslarga özini özi band qilgan şaxslar sifatida 5 kişidan köp bölmagan örindiqli (haydovçini hisobga olgan holda) yengil avtomobil transportida taşiş faoliyatini amalga oşirişga ruxsat beriladi.

Bunda özini özi band etuvçi şaxslar yengil avtomobil transportida yölovçilarni taşiş faoliyatini mobil ilovalar – agregatorlar orqali amalga oşirganlarida olingan daromadlarga ijtimoiy soliqni tölaş bilan bir qatorda jismoniy şahslardan daromad soliği belgilangan tölov stavka böyiça olingan daromad summasi 50 foizga kamaytirilgan holda soliq solinadi.

Loyihaning töliq matni mana bu yerda:
https://regulation.gov.uz/uz/document/23047

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing