Taksiçilarga yengillik beriş masalasi keçikmoqda
Taksiçilarga qaçon yengillik beriladi?
Bugun iqtisodiy sektor vakillari iştirokidagi brifingda masʼullardan nima uçun taksiçilar haligaça özini-özi band qiluvçi şaxslar toifalari röyxatiga kiritilmayotgani, may oyida Prezident bergan topşiriq haligaça ijro etilmagani haqida savol berdim.
Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonovning aytişiça, taksiçilarni toifaga qöşişga oid hujjat kelişiş va texnik nuqtai nazardan çözilib ketayotgan ekan. Taksiçilarning har kuni texnik va tibbiy körikdan ötişiga oid talablarni yumşatiş qiyin bölayotgan ekan.
Özi doim şunaqa, byurokratiyani joriy qiliş juda oson, 1ta qaror yetadi. Ammo uni bekor qiliş, vaziyatni yengillaştirişga yillar ketib qoladi.
Hurmatli masʼullar, ortiqça byurokratiya sabab köçada minglab nolegal taksiçilar yuradi, ularni davlat heç qanaqa nazorat qila olmayapti (reyd qilib, taksiçilarni qon-qaqşatib jarima tortişayotgani hisobmas). Undan köra, tartib qança yengillaşsa, qonuniy işlaydiganlar şunça köpayadi.
Buni anglaşga yana qança vaqt kerak, kutamiz.
👉 @xushnudbek 👈

