Taksiçilarga yengillik beriş topşiriği nega bajarilmayapti

Matn31-mart, 2021, 10:472 daqiqa0 koʻrish

Prezident topşiriği salkam 1 yildan buyon bajarilmayapti. Taksiçilarga qaçon yengillik beriladi?

Bugun Daryotrans agentligi xodimlarining litsenziyasiz faoliyat olib borayotgan taksiçilarni uşlaş böyiça reydining videosini körib qoldim. Matizdagi otaxonni töxtatib, salondagi yölovçi opani rosa ezib savolga tutişdi. Xuddi katta terroristni qölga tuşirganday "pulga kelişdingmi, yöqmi?" deb söroq qilişdi.

Videoni körib, asabim buzildi, rosti. Matizdagi otaxon töğri aytdilar, kambağallikni qisqartiramiz deb balandparvoz gaplarni har qadamda aytamizu, lekin halol mehnati bilan öz kunini körib yurgan insonlarni byurokratiya botqoğiga itarib, keyin özimiz köçalarda ularni "ov" qilamiz.

Bu haqda avval ham köp yozganmiz (1, 2, 3, 4).

Ötgan yili 19-may kuni Şavkat Mirziyoyev 60 dan ziyod kasblar qatorida taksistlar ham özini-özi band qilgan fuqarolar sifatida daromad soliğidan ozod qilinişini taʼkidlagandi, ammo keyinçalik tasdiqlangan kasblar röyxatidan negadir taksiçilik tuşib qoldi. Prezident bu topşiriqni berganiga salkam 1 yil böldi.

Ötgan yili sentabr oyida moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov taksiçilarni toifaga qöşişga oid hujjatlar kelişiş va texnik nuqtai nazardan çözilib ketayotganini taʼkidlagandi. Lekin "harakat qilyapmiz, 1-2 oyda bu masala hal böladi" degandi. Oradan 7 oy ötdi, haliyam jimjitlik.

Maqsad nima? Taksiçilarni uşlaş uçun köçalarda reyd qilib, ularni jarimaga tortib, byudjetga pul tuşirtirişmi? Yoki reydda qölga tuşgan taksiçilarni qiynab, 3-4 söm pulini olib, tirikçilik qilişmi?

Taksiçilarning aybi nima? Köçaga çiqib öğrilik yoki bosqinçilik qilmasdan, Rossiyaga işlaşga ketmasdan, şu yurtda halol mehnati bilan xalqqa xizmat qilib oilasini boqayotganligimi? Yoki berilgan vaʼdalarga işonib, 1 yildan buyon "bizga yengillik berilarkan" deb umidvor bölib yurganimi?

Nega davlat rahbarining xalqning maʼlum bir toifasiga yengillik beriş haqidagi topşiriği 1 yildan buyon bajarilmayapti? Bu topşiriqni turli taşkilotlar öz manfaatlarini tiqiştirişga harakat qilib ortga surayotgani ortidan asosiy eʼtirozlar bevosita davlat rahbarining manziliga qaratilişini öylab körişmasmikin? Yöq, ular buni öylamaydi va qörqmaydi. Ular xalqqa yengillikni emas, öz manfaatlarini öylaydi. Lekin ular kimlar? Yangilanişlar va yengilliklarga qarşi çiqadigan, islohotlarni ortga suradigan kuçlar aslida kim? Nega biz ularni tanimaymiz? Xalq bilsin öz "qahramonlarini".

❗️Negadir bizda byurokratik tösiqlarni örnatiş uçun 1 oy yetarli böladi, lekin uni olib taşlaşga yillar ketadi🤷‍♂️

Hurmatli masʼullar, ortiqça byurokratiya sababli köçalarda ön minglab nolegal taksiçilar yuradi, ularni davlat heç qanaqa nazorat qila olmaydi. Reyd qilib, taksiçilarni qon-qaqşatib jarima tortişdan maza qilayotgan bölsangiz, bu töğri yöl degani emas. Undan köra, tartib qança yengillaşsa, qonuniy işlaydiganlar şunça köpayadi. Buni anglaşga katta aql kerak emas.

Taksiçilar terrorist emas. Ular özini-özi band qilib, oilasini tebratib yurgan Özbekiston fuqarolari. Ularga jinoyatçiday qaraşni töxtatiş kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek