Taʼlim tizimidagi vakolatlar taqsimoti tanqid qilindi
Nima uçun qabul jarayonlariga oid oddiy masalalarni hal qiliş uçun ham Boş vazirning imzosini kutişimiz kerak?
Harbiy tavsiyanoma olgan abituriyentlarning röyxati tegişli idora va taşkilotlar bilan birgalikda qayta körib çiqilayotgan ekan. Bu haqda DTM xabar berdi. DTMning uzundan-uzun bayonoti içida bittagina sal-pal yangiroq gap faqat şu, qolgan hammasi oldin aytilgan.
Bu köpçilik uçun oddiy xabar bölişi mumkin, ammo men bu yerda taʼlim tizimidagi katta muammolardan birini köraman.
Xöp, aytaylik, harbiy tavsiyanoma olganlarning röyxati qayta körilgandan keyin nima böladi, nega DTM bu haqda heç narsa demagan, bilasizmi? Çunki DTMning buni aytişga heç qanaqa vakolati yöq. Buni har doimgidek Davlat qabul komissiyasi hal qiladi. Yaʼni şu qolib ketgan imtiyozlarni qöllab, harbiy tavsiyanomalilar örtasida ballarni qayta hisob-kitob qiliş masalasini ham Boş vazir tasdiqlaşi kerak.
Lekin nega? Nima uçun hamma masala faqat Boş vazir imzosi bilan hal bölişi kerak? Nima uçun qabul jarayonlaridagi mayda masaladan to kattasigaça, butun boşli Hukumat rahbari tasdiqlaşi şart? Vazirlarni nima uçun tayinlaganmiz unda? Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi yoki Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasini nima uçun oçganmiz unda? OTMlarning rektorlarini nima iş qiladi unda? Nega ularga hatto oddiy texnik masalalarni ham işonmasdan, hamma vakolatni Hukumat faqat öziga olişga harakat qiladi?
Boş vazirning Hukumat darajasida boşqa qiladigan muhim işlari kammi? Ularni oddiy texnik masalada ham har safar bezovta qiliş şartmi? Nima uçun har doim qabul jarayoniga oid masalalar Davlat qabul komissiyasining raisi sifatida Boş vazirning imzosini kutib, ortga surilib ketişi, keçikişi kerak? Nega?
Mana, masalan oddiy magistraturaning javoblarini olaylik. Nima uçun salkam 1 oydan buyon eʼlon qilinmayapti? Hammasi maʼlum bölsa, barçaning ballari eʼlon qilingan bölsa, kirdi-kirmadini hisoblaş şunçalar qiyin işmi? 1-oktabr deb belgilangan öquv yili ham allaqaçon boşlanib bölgan bölsa, nega bunça çözilayotganiga biror tayinli va mantiqiy izoh bormi? Şunçaki menga qiziqda, abituriyentlar oldida uyalmaysizlarmi?
Agar vazirlarga, boşqa rahbarlarga yoki rektorlarga şunçalik işonmasak, unda nima uçun heç bölmasa şu vakolatlarni Boş vazir örinbosariga berib qöya qolmaymiz?
Bu savollarni berişdan çarçamayman. Avval ham köp aytganman, hozir ham yana takrorlayman. Davlat qabul komissiyasining vakolatlarini tubdan qayta körib çiqiş kerak. Ularning juda köpçiligini quyi taşkilotlar va rektorlarga bölib beriş kerak. Davlat qabul komissiyasi aksariyat vakolatlarni öziga olib, "hammasini men hal qilaman" deyişi ortidan ayniqsa oxirgi yillarda qabul jarayonlariga juda katta salbiy taʼsir körsatmoqda.
Albatta bularning barçasi IMXO.
👉 @xushnudbek 👈


