Yuridik litsey bitiruvçilari TDYUUga suhbat bilan kiradi
⚡️ Yuridik akademik litseyni yuqori baholarga bitirganlar TDYUUga suhbat asosida qabul qilinişi mumkin
Keça kanalimiz orqali yuridik taʼlim tizimini takomillaştirişga oid Prezident farmoni imzolanganini xabar qilgan edik. Bugun bu haqda “Özbekiston24” telekanalida rasman maʼlum qilindi.
Avvalgi xabarlar: • Samarqand, Namangan va Termizda yuridik fakultetlar oçiladi; • TDYUU magistraturasida masofaviy, sirtqi va keçki taʼlim dasturlari oçiladi.
Yana bir asosiy özgarişlardan biri, 2021/2022 öquv yilidan, yaʼni kelgusi yildan boşlab TDYUU qoşidagi akademik litseyning barça fanlar böyiça yuqori natijalarga ega bitiruvçilari, TDYUUga kiriş test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat ötkaziş orqali, tölov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan taşqari kiriş huquqiga ega böladi.
Şuningdek, 2020/2021 öquv yilidan boşlab yuridik texnikumlarda bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida 3 yil işlagan pedagog va rahbar xodimlar, TDYUU magistraturasiga kiriş test sinovlarisiz, tölov kontrakt asosida, qabul parametrlaridan taşqari, öqişni tugatgandan söng adliya organlari va muassasalarida taqsimot böyiça, birinçi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida 3 yil uzluksiz işlaş majburiyatini olgan holda, kiriş huquqiga ega böladi.
👉 @xushnudbek 👈



