Şaxsiy avtotransportdan foydalanişga ruxsat berildi
⚡️Şavkat Mirziyoyev:
“Uçinçidan, aholi orasida kasallikka çaliniş dinamikasi pasayib borayotganini inobatga olib, fuqarolarimiz tomonidan şaxsiy avtotransportdan foydalanişga çeklovlarni ham sekin-asta yumşatiş maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.
Respublika komissiyasi tegişli çeklovlar örnatilgan hududlarda aholi tomonidan ertalab soat 7:00-dan 10:00-gaça hamda keçqurun 17:00-dan 20:00-gaça şaxsiy avtomaşinalardan foydalanişga ruxsat berilişini taʼminlasin.
Bunda:
şaxsiy avtotransportdan, birinçi navbatda, fuqarolarimizning iş joyiga, tibbiyot muassasalariga borişi va uyiga qaytişi, isteʼmol mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlarni xarid qilişi uçun foydalanişi;
maxsus ruxsatnomalarga (stikerlarga) ega va yetkazib beriş xizmatini körsatayotgan fuqarolar esa şaxsiy avtotransportda heç qanday çeklovsiz harakatlanişi mumkinligi belgilansin.”
👉 @xushnudbek 👈

