TDYUU magistraturasida yangi taʼlim şakllari joriy etiladi
TDYUU magistraturasida masofaviy, sirtqi va keçki taʼlim dasturlari oçiladi
Yuridik taʼlimni takomillaştirişga oid Prezident farmoni haqida avval xabar bergan edik. Farmonga binoan, 2020/2021-yildan boşlab:
👉 bazoviy yuridik taʼlimga ega va işlab çiqarişdan ajralmagan holda öqimoqçi bölgan şaxslar uçun TDYUU magistraturasida masofaviy, sirtqi va keçki taʼlim dasturlari oçiladi va kiriş imtihonlari DTM tomonidan test şaklida ötkaziladi;
👉 oliy yuridik taʼlimga ega, rahbar lavozimlarida işlayotgan hamda markaziy davlat hokimiyati va boşqaruv organlarida kamida 5 yil yuridik stajga ega bölgan xodimlar tegişli davlat organining birinçi rahbari tavsiyasiga binoan tölov-kontrakt asosida TDYUU magistraturasining masofaviy, sirtqi va keçki taʼlim dasturlariga işlab çiqarişdan ajralmagan holda kiriş test sinovlarisiz (qabul kvotalaridan taşqari) qabul qilinadi;
👉 «yurisprudensiya» yönalişini aʼlo baholarga bitirgan talabalar (qaysi OTM bölişidan qatʼi nazar) TDYUU magistraturasiga belgilangan tölov-kontrakt summasining 50%i miqdori evaziga qabul kvotalaridan taşqari kiriş test sinovlarisiz qabul qilinadi. Faqat uşbu talabalar kelgusida TDYUU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar hamda TDYUU qoşidagi akademik litseyda kamida 3 yil uzluksiz işlab beriş majburiyatini oladi;
👉 yuridik texnikumlar hamda TDYUU qoşidagi akademik litseyda tölov asosida tayyorlov va boşqa kurslar, yozgi va qişki maktablar taşkil etiladi, şu jumladan xorij fuqarolari uçun ham.
Şuningdek, TDYUU rektoriga byudjetdan taşqari mablağlar evaziga quyidagi huquqlar beriladi:
➖ TDYUU xodimlari hamda magistratura va bakalavriatning iqtidorli bitiruvçilari uçun xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning magistratura yoki doktoranturasida öqiş xarajatlari, tölov-kontrakti summasini tölab beriş. Faqat ular kelgusida TDYUUda kamida 3 yil uzluksiz işlab beriş majburiyatini oladi;
➖ TDYUU hamda uning qoşidagi akademik litseyda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar va öquvçilar uçun stipendiya hamda grantlar ajratiş.
👉 @xushnudbek 👈

