YOII masalasida betaraf qolgan deputatlar haqida

Matn28-aprel, 2020, 15:382 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Betaraflar haqida

Muhrim aytyaptiki: Kelajak avlod millat taqdirini kimlar hal qilganini, kim nimaga ovoz berganini bilişga haqli. Şuning uçun Özbekistonning YEOIIga kuzatuvçi maqomida qöşilişi uçun qarşi ovoz bergan 32 nafar deputatlar özlarini oşkor qilişsin, biz bilib qöyişimiz kerak, demoqda. «Ha, men qarşi ovoz berdim», deb aytgani uçun qonunda javobgarlik yöqdir, deya savol qöymoqda.

Muhrimning fikrlariga qöşilgan holda, meni boşqa narsa ajablantirganini aytib ötmoqçi edim.

Özbekistonning YEOIIga kiriş yoki kirmasligidek jiddiy masala muhokama qilinayotgan pallada 14 nafar deputat betaraf bölib ovoz beribdi. Bu nima degani? «Menga kirsa ham, kirmasa ham farqi yöq, umuman bu millat, bu yurt taqdiri qiziqmas» degani emasmikin işqilib?

Betaraflikning muddaosi nima? Öşa betaraf bölganlar qarorining mantiği qayerda?

Balki aytişingiz mumkin, ular hali kiriş-kirmaslikning ijobiy va salbiy tomonlarini töliq baholaşga ulgurmagan, ikkala tomonning dalillari ham ular uçun yetarli bölmagan, şu sababli muhim qaror qabul qilişdan tiyilgan, deb.

Bölişi mumkin. Ammo bir qarorga kela olmaganlar şunçaki ovoz bermasa ham böladiku.

Şaxsan men «Betaraflik»ni befarqlik deb qabul qilaman. Muhim va qatʼiy qaror qabul qilişga özida kuç topa olmaslik, ikkala tomonga ham yomon körinmaslik, doim na issiq, na sovuq bölib yurişga öxşataman.

Töğri, «Betaraflik» doim ham salbiy maʼnoda kelmaydi. Ammo baribir mana şu 14 nafar deputatning fikrini bilişga juda qiziqyapman. Ular öz qarorini qanday asoslaşini bilgim kelyapti.

Betaraflar bilan suhbatlaşgim kelyapti...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Şavkat Mirziyoyev Buxoroga jönab ketdi

    01 daqiqa

Yana oʻqing