Magistraturaga imtiyozli diplom bilan kirish tartibi

Matn14-iyul, 2021, 12:442 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Kimyo va biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yönalişini “qizil”ga bitirganlar magistraturaga imtihonsiz kiradimi?
#abituriyent

✅ JAVOB: Ha, ular imtihonlarsiz tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli Prezident qarori bilan OTMlarning kimyo va biologiya taʼlim yönalişlari böyiça imtiyozli diplomga ega bölgan bitiruvçilari mazkur OTMlarning magistratura mutaxassisligiga qöşimça imtihonlarsiz tölov-kontrakt asosida qabul qilinişi belgilangan.

2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-sonli Prezident qarori bilan esa OTMlarning informatika va axborot texnologiyalari bilan boğliq taʼlim yönalişlari böyiça imtiyozli diplomga ega bölgan bitiruvçilari mazkur OTMlarning magistraturasiga kiriş imtihonlarisiz tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi, deyilgan.

Talabalardan şu böyiça savollar kelib tuşayotganligi uçun, mazkur masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Oliy va örta maxsus taʼlimi vaziri Abduqodir Toşqulov bilan boğlandik va tegişli tuşuntiriş oldik.

Demak, uşbu imtiyozlar joriy yildan amalga kiritiladi. Tartibi quyidagiça böladi:

1️⃣ kimyo va biologiya, informatika va axborot texnologiyalari yönalişini imtiyozli diplomga ega bölgan talabalar özlari tugatgan OTM magistraturasining tegişli mutaxassisligiga hujjat topşiradi;

2️⃣ söngra ular belgilangan tartibda imtihonga kirişadi. Çunki yuqoridagi imtiyozlar faqat tölov-kontrakt asosida öqişga kiriş imkoniyatini beradi xolos. Vaholanki, öşa abituriyent balki öz kuçi bilan davlat grantiga ham kirişi mumkin. Şu sababli uni bunday imkoniyatdan mahrum qiliş mantiqsizlik böladi;

3️⃣ abituriyentning imtihon natijasiga qaraladi. Agar u davlat grantiga kirgan bölsa, unda davlat granti asosida öqiydi va öz-özidan Prezident qarorida belgilangan imtiyoz qöllanmaydi. Agar u tölov-kontraktga kirgan yoki umuman imtihondan yiqilgan bölsa ham, Davlat qabul komissiyasining qarori bilan u öşa magistratura mutaxassisligiga tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi, yaʼni unga imtiyoz qöllanadi.

P.S.: hozir şu maʼlumotlarni yoziş asnosida boşqa bir narsani öylab qoldim, uşbu imtiyoz qöllanganda abituriyent kvota içida qabul qilinadimi yoki qöşimça kvota bilanmi? Prezident qarorida qöşimça kvota deyilmagan, demak katta ehtimol bilan ular kvota doirasida qabul qilinadi. Yana ham bu masalaga aniqlik kiritişga harakat qilamiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek