Harbiy imtiyozli abituriyentlar sonini bilişdagi muammolar
Hujjat topşirgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlar sonini qayerdan körsa böladi?
#abituriyent
Harbiy imtiyozga ega abituriyentlardan köplab eʼtirozlar kelib tuşmoqda. Ularning aytişiça, qaysi yönalişga neça nafar harbiy imtiyozga ega abituriyentlar topşirganini bilib bölmayotgan ekan. Qabul komissiyasiga borişsa, ular bu maʼlumotni aytişmasligini taʼkidlaşayotgan emiş.
Vaholanki, Davlat qabul komissiyasining 4-iyuldagi 1-son bayonining 2-bandiga binoan, tizimida OTMlari bölgan vazirlik va idoralar OTM rektorlari bilan birgalikda abituriyentlar va ota-onalar eʼtibori uçun taʼlim yönalişlari, öqitiş şakli va tili böyiça taʼlim muassasasiga topşirilgan hujjatlar soni, şu jumladan, fan olimpiadalari ğoliblari, harbiy va boşqa imtiyozga ega bölgan hamda közi ojiz abituriyentlar tomonidan topşirilgan hujjatlar haqidagi maʼlumotlar har kuni eʼlon qilinişini va OTM saytida yangilanib turilişini taʼminlasin, deya belgilangan.
OTM qabul komissiyasidagilar harbiy tavsiyanoma olganlar haqidagi maʼlumotni aytişni rad qilişga mutlaqo haqqi yöq, aslida ular hammaga körinarli qilib ilib qöyişga majbur edi.
Joriy yildan boşlab abituriyent hujjat topşirayotgan OTMga kelişi şart emas, viloyatidan ham topşirişi mumkin. Xöş, bunday vaziyatda maʼlumotlarni qanday biliş mumkin?
Buning yeçimi juda oddiy, aslida hamma OTMlar öz rasmiy saytida kunlik hujjatlar tuşumi haqida maʼlumotni eʼlon qilib borişi kerak edi. Qaysi yönalişga qança joy ajratilgan, neça kişi topşirdi, şundan qançasi imtiyozli, qançasi olimpiada ğolibi va h.k. maʼlumotlar özini hurmat qilgan OTM saytida bölişi kerak mantiqan olib qaraganda.
Keling, OTM saytlaridagi ahvol bilan tanişib köramiz.
Özbekiston milliy universiteti saytida qabul kvotasi şunçaki Prezident qaroridan köçirib bosilgan, lekin tillar kesimida maʼlumot yöq. Hujjat topşirganlar soni esa 4-iyulgaça (!) bölgan maʼlumot turibdi, unda ham imtiyozlilar haqida maʼlumot yöq.
http://www.nuu.uz/uzl/enr/plan
Toşkent tibbiyot akademiyasi saytida tillar kesimida kvotalar haqida maʼlumot bor. Abituriyentlar soni esa 12-iyul (!) holatiga körsatilgan, lekin imtiyozlilar soni haqida maʼlumot yöq.
https://admissions.tma.uz
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti saytida tillar kesimida kvotalar bor. Lekin abituriyentlar soni böyiça ahvol bu yerda ham açinarli. 4-iyul holatiga DTM rasmiy kanalida berilgan rasmni yuklab qöyişgan xolos. Qolgan maʼlumotlar esa 2018-yilgi qabul jarayonlaridan olingan. Joriy yilgi imtiyozlilar haqida maʼlumot yöq.
http://tsue.uz/?page_id=865
Toşkent davlat texnika universiteti saytining abituriyent bölimida na qabul kvotasi haqida, na abituriyentlar soni haqida maʼlumot bor.
http://tdtu.uz/uz/abiturient/
Toşkent davlat pedagogika universiteti saytida tillar kesimida qabul kvotasi bor. Lekin har qança izlab, abituriyentlar soni haqida maʼlumot topa olmadim.
http://new.tdpu.uz/content/197
Samarqand davlat universiteti saytida tillar kesimida qabul kvotasi bor. Lekin abituriyentlar soni haqidagi maʼlumotlar 2018-yilniki. Umuman yangilanmagan.
http://www.samdu.uz/abiturient
Farğona davlat universiteti saytida tillar kesimida kvotalar bor. Lekin abituriyentlar soni haqidagi maʼlumotlar 2018-yilniki. Umuman yangilanmagan.
https://fdu.uz/site/guruh?id=152
Qoraqalpoq davlat universiteti saytida tillar kesimida kvotalar bor. Lekin abituriyentlar soni haqidagi maʼlumotlar 2018-yilniki. Umuman yangilanmagan.
http://karsu.uz/uz/қабул-мониторинги/
Yuqoridagi yirik OTM saytiga kirib ahvolni körgaç, qolganlariga kirgim ham kelmay qoldi. Bizning OTMlarda isteʼmolçiga (yaʼni abituriyent - bölğusi talaba) bölgan hurmat yöq.
Hurmatli rektorlar, sal fidoyi bölinglar! Abituriyentlar ham Sizlarning farzandlaringiz misoli axir. Nomiga, xöjakörsinga oçib qöyilgan saytlaringizni töldirib qöyiş şunçalar qiyinmi? Özini hurmat qilgan OTMga şu yaraşadimi? Uyalinglarey...
👉 @xushnudbek 👈
