OTMlarga onlayn hujjat topşiriş tartibi va maʼlumotlar

Matn14-iyul, 2019, 11:152 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Onlayn hujjat topşiriş haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent

👉 My.gov.uz orqali 5 OTMni (TDYUU, QDU, FarDU, SamDU, GulDU) 1-yönaliş sifatida tanlab, röyxatdan ötiş uçun elektron raqamli imzo (ERI) talab etilmaydi;

👉 Şunçaki abituriyentlar pasport va diplomining seriyasi va raqamini, şaxsiy identifikatsiya raqamini (PIN FL) kiritsa kifoya, boşqa narsa kerak emas. Pasport va diplomlarning skaneri ham şart bölmaydi, raqamlarini kiritsa böldi;

✅ Layfxak: mabodo kimdir pasporti va diplomini yöqotib qöygan bölsa va yangisini olişga ulgurmasligiga közi yetsa, unda onlayn hujjat topşirsin. Heç kimga hujjat körsatiş şartmas, raqamlarini bilsangiz kifoya. Imtihonga esa pasport stoldan olingan vaqtinçalik pasport (09-şakl) bilan kirsa böladi;

👉 PIN FL qanaqa raqamligi va uni qanday biliş mumkinligini mana bu yerda batafsil tuşuntirganman - https://t.me/xushnudbek/2055

👉 Yagona portaldan hujjat topşiriş xizmati tekin böladi;

👉 Faqat ötgan yili tugatgan abituriyentlar Yagona portaldan hujjat topşirmoqçi bölsa, 101.365 sömning 90% qismini, yaʼni 91.228 söm tölov qilinadi;

❗️ Bugungi kungaça hujjat topşirişga ulgurganlar Yagona portal orqali avval tanlagan yönalişlarini özgartira olmaydi! Buning uçun qabul komissiyasiga boriş kerak;

‼️ Yagona portal orqali röyxatdan ötişda öta huşyor böliş kerak, maʼlumotlar notöğri kiritilsa, uni portal orqali tuzatib bölmaydi. Buning uçun davlat xizmatlari markaziga boriş kerak;

👉 Quyidagi abituriyentlar onlayn hujjat topşira olmaydi:
- alohida imtiyozga ega bölganlar (yaʼni turli mukofot sohiblari, olimpiada ğoliblari va h.k.);
- fuqarolik pasporti bölmagan şaxslar (masalan, 16 yoşga tölmaganlar);
- fuqaroligi bölmagan şaxslar.

Uşbu toifadagilar davlat xizmatlari markaziga şaxsan özlari borişlari şart;

👉 Onlayn hujjat topşiriş tartibi bilan mana bu yerda tanişişingiz mumkin - https://t.me/xushnudbek/2141

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek