Samarqand, Namangan va Termizda yuridik fakultetlar oçiladi
⚡️ Samarqand, Namangan va Termizda yuridik fakultetlar oçiladi
Olingan maʼlumotlarga köra, Şavkat Mirziyoyev yuridik taʼlimni takomillaştirişga oid farmonni imzolabdi. Farmonga binoan:
➖ Toşkent davlat yuridik universiteti «yurisprudensiya» mutaxassisligi böyiça yuridik kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş böyiça bazaviy oliy taʼlim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilandi;
➖ Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar taşkil etiladi va ularga tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida qöşimça kvotalarga qabul qiliş huquqi beriladi;
➖ Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti taşkil etiladi;
➖ TDYUUda Xalqaro va qiyosiy huquq fakulteti taşkil etiladi;
➖ 2020-yilda TDYUUda Germaniyaning Regensburg universiteti bilan hamkorlikda Nemis huquqi va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar markazi taşkil etiladi.
👉 @xushnudbek 👈

