THE Impact Ranking reytingi va OTMlar natijalari tahlili

Matn22-aprel, 2021, 10:483 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xalqaro reytinglarning farqi haqida

Keça Buyuk Britaniyaning xalqaro reyting taşkiloti — Times Higher Education özining navbatdagi THE Impact Ranking reytingi natijalarini eʼlon qilgani va unga Özbekistonning 12 ta OTMi kirgani haqida xabar bergan edik. Mazkur 12 ta OTM orasida Toşkent davlat yuridik universiteti eng yaxşi natija körsatgan va reytingning 401-600-örinlar kategoriyasidan joy olgan. Barça 12 ta OTM körsatkiçi quyidagiça:

➖ Toşkent davlat yuridik universiteti (401-600);
➖ Buxoro tibbiyot instituti (801-1000);
➖ Özbekiston xalqaro islom akademiyasi (801-1000);
➖ Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti (801-1000);
➖ Toşkent Tibbiyot akademiyasi (801-1000);
➖ Toşkent pediatriya tibbiyot instituti (801-1000);
➖ Toşkent Farmatsevtika instituti (801-1000);
➖ Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston milliy universiteti (801-1000);
➖ Akfa universiteti (1001+);
➖ Samarqand davlat universiteti (1001+);
➖ Toşkent davlat agrar universiteti (1001+);
➖ Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (1001+).

Mazkur xabar ortidan «TDYUU dunyoning TOP-500 ta universitetlari röyxatiga kirdi» degan xabar keng tarqaldi. Uşbu masalada savollar kelib tuşayotgani uçun izoh berib ötmoqçiman.

Savol: Haqiqatdan TDYUU TOP-500 ga kirdimi? Bu xabar yolğon emasmi?

Javob: Ha, kirdi, bu xabarlar rost. Ammo bu köpçilik öylagan TOP-500 emas. Butun dunyo tan oladigan obröli THE World University Rankings reytingi bilan öşa taşkilot ötkazadigan THE Impact Ranking reytingining yer bilan osmonça farqi bor. Töğri, ikkalasini ham bitta taşkilot ötkazadi, ammo boşqa-boşqa kriteriylar asosida baholanadi.

THE World University Rankings (WUR) - bu universitetlarning akademik va ilmiy faoliyatini baholaydi: öqitiş sifati, universitet professor-öqituvçilarining ilmiy işlari, bitiruvçilarning işga joylaşişi singari körsatkiçlarga qaraydi.

THE Impact Ranking (IR) - universitetlar körsatkiçlarini BMTning Sustainable Development Goals'da belgilangan körsatkiçlar böyiça ölçaydi. Masalan, Goal-1'da qança talaba moddiy yordam olişi, Goal-3'da OTMning soğliqni saqlaş taşkilotlari bilan hamkorligi, Goal-4'da universitetning talaba bölmaganlar uçun tadbirlar (seminarlar va h.z.) ötkazişi va boşqalar.

Boşqaça aytganda THE WUR bu FIFA ötkazadigan va gigantlar qatnaşadigan Jahon çempionati bölsa, THE IR esa BMT kuniga bağişlab FIFA taşkil qilgan xalqaro turnirdek gap.

Oddiygina misol, THE WUR ning kuçli uçligini Oxford, Stanford va Harvard universitetlari egallab turibdi. THE IR reytingiga esa, bu OTMlar hatto kiritilmagan ham. Yaʼni ular xalqaro turnirda qatnaşmagan.

THE IR reytingining 3-örinidagi RMIT University (Avstraliya) asosiy THE WUR reytingida 301-350-örinlarni egallab turibdi. Xullas, bu ikki reyting farqini tuşuntira oldim, deb öylayman.

❗️Ammo bir narsani alohida qayd etişim kerak, universitetlarimizning kattami-kiçkinami turli xalqaro va mintaqaviy reytinglarda köriniş berayotgani quvonarli hol. Ilgari birorta reytingda hatto soyasi ham yöq edi, bugunga kelib OTMlar xalqaro standartlar asosida faoliyatini töğri taşkil qilişga, akademik salohiyatini kötarişga harakat qilişmoqda, ilmiy işlarga urğu qaratişyapti, iş beruvçilar bilan işlaşni boşlaşmoqda va h.k.

Töğri, hozirça TOP-500 uyoqda tursin, birorta OTMning TOP-1000 ga kirişi ham orzu bölib turibdi, ammo harakat qilinsa, uddalasa böladigan iş. Bizda ham qaçonlardir bölişi kerakku. Öşa kunlar tezroq kelişini, oliy taʼlim sifati xalqaro standartlarga yaqinlaşişini niyat qilaman.

THE Impact Ranking reytingiga kirgan 12 ta OTMni esa tabriklayman!

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek