OTMlarning milliy reytingi natijalari eʼlon qilindi

Matn7-avgust, 2019, 12:562 daqiqa0 koʻrish

​​OTMlarning milliy reytingi natijalari eʼlon qilindi

Bu haqida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi xabar qilmoqda.

Xalqaro tajribaga muvofiq takomillaştirilgan indikatorlar asosida fevral-iyun oylarida 57 ta OTMlar (filiallari bilan birga) faoliyati tahlil qilindi va 2019-yil 1-yanvar holatiga ularning reyting natijalari tayyorlandi:

1) Gumanitar va iqtisodiy sohada Özbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti; Toşkent moliya instituti, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti yetakçi örinlarni egallagan.

Jizzax davlat pedagogika instituti, Qöqon davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti kabilar esa sönggi örinlarni egalladi.

2) Texnika va qişloq xöjaligi sohasida Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, Toşkent axborot texnologiyalar universiteti, Toşkent temir yöl transporti muhandislari instituti, Toşkent davlat agrar universiteti yetakçi örinlarni egalladi.

Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti, Qarşi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Andijon maşinasozlik instituti quyi örinlarni egalladi.

3) Tibbiyot sohasida Toşkent stomatologiya instituti, Toşkent tibbiyot akademiyasi, Toşkent pediatriya tibbiyot instituti yetakçi örinlarni egalladi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti esa sönggi örinlarni egalladi.

4) Madaniyat, sanʼat va sport sohasida Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Milliy rassomçilik va dizayn instituti yetakçi örinlarni egallaşdi.

Özbekiston davlat konservatoriyasi, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sönggi örinlarni egallaşdi.

Umumiy reytingda

ÖzMU, Irrigatsiya, SamDU, TATU, Temir yöllar yetakçi örinlarni egallaşdi.

Jizzax pedagogika, Qöqon pedagogika, GulDU, AndMI, Nukus pedagogika sönggi örinlarni egalladilar.

Ilmiy salohiyati böyiça

ÖzMU, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti, Irrigatsiya, Pediatriya, SamDU yetakçi örinlarda;

AndMI, Jismoniy tarbiya, Samarqand davlat çet tillar instituti, Termiz davlat universiteti, Qöqon pedagogika sönggi örinlarni egalladi.

Talabalar bilimi böyiça

eng yuqori natijalarni Irrigatsiya, Navoiy davlat konçilik instituti, Agrar, Urganç davlat universiteti egalladi;

eng past natijalarni Andijon tibbiyot, Jizzax pedagogika, Konservatoriya, Nukus pedagogikalar körsatdi.

Eng köp iş beruvçilar bahosini töplagan OTMlarga ÖzMU, Irrigatsiya, TATU, TDTU, UrDU, Toşkent davlat pedagogika universiteti, Iqtisodiyot universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Moliya instituti kiradi.

Töliq reyting bilan http://reyting.tdi.uz/all/ sayti orqali tanişişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek