TDYUUning Tojikistondagi qöşma fakultetiga qabul tartibi
TDYUUning Tojikistondagi qöşma fakultetida kimlar öqiy oladi?
Xabaringiz bor, avvalroq Toşkent davlat yuridik universitetining Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti bilan hamkorlikda qöşma fakulteti oçilganligi böyiça xabar berilgan edi.
Mazkur fakultetga qabul masalasida köplab abituriyentlar va ularning ota-onalaridan murojaatlar bölmoqda. Şunga TDYUU rasmiylari bilan boğlanib ayrim savollarga javob tayyorladik:
Öqiş qayerda böladi?
Mazkur qöşma fakultetda öqiş Tojikistonda böladi.
Qöşma fakultetga kimlar qabul qilinadi?
Qöşma taʼlim dasturi asosida kadrlar tayyorlaş böyiça kelişuvga muvofiq faqat Tojikistonning va boşqa xorijiy davlatlarning fuqarolari qabul qilinişi belgilangan.
Xulosa:
TDYUUning Tojikistondagi qöşma fakultetiga Özbekiston fuqarolari qabul qilinmaydi va öqiş ham Özbekistonda bölmaydi.
👉 @xushnudbek 👈



