Mehnat qonunçiligi va iş vaqtidan taşqari işlaş muammosi
Sezdingizmi, oxirgi paytlar yana taşkilot va idoralarda mehnat qonunçiligi ahvoli yomonlaşib ketdi. Yarim tungaça işlaş, dam oliş kunlari ham işga çaqiriş, iş vaqtidan taşqaridagi majlislar sezilarli köpaydi.
Avvalgidek reydlar yoki balandparvoz çiqişlar ham kamaydi.
Bizda bir dunyoqaraş bor. Yaxşi natija bölişi uçun juda köp işlaş kerak, deb öylaşadi. Gapirtirsang davlat ahamiyatidagi işni qilyapmiz, deyişadi. Vahimasi dunyoni buzadi [ensasiqotgansmaylik]
Vaholanki, öşa taşkilotlarning erişgan natijasini körsang - tayinli gap yöq. Bunaqa natijani kuniga 8 soat odamga öxşab normal işlasa ham qiliş mumkin.
Zamonaviy dunyoda işning közini bilgan aqlli rahbarlar xodimlariga köproq dam olişi uçun imkon beradi, qoloq va eskiça öylanadigan tizimlar esa xodimlarini eşşakday, qulday işlatişga harakat qiladi. Şu sabab ham ular doim qoloq bölib qolaveradilar.
Yuqoridagi video - tinimsiz işlaş muvaffaqiyat kaliti emas, balki payti kelganda işni töxtatişni biliş kerakligiga yaqqol misol böla oladi.
👉 @xushnudbek 👈



