TDYUUda harbiy imtiyozlar va ijtimoiy adolatsizlik masalasi
Harbiy imtiyozlar haqida
TDYUUda kontraktga kiriş bali 162,3 ball böldi. Budjet esa – 223,5 ball.
Demak, joriy yilda ham TDYUUda byudjetni 100% harbiylar egallagan. Çunki maksimal ball 189ni taşkil qiladi.
Harbiy tavsiyanoma olgan abituriyentlar uçun imtiyozlar beriş şu darajada adolatsiz tizimki, buni körib çiqmasa bölmaydi. Bu haqida ançadan buyon gapiraman, keça yoki bugun xayolimga kelib qolgani yöq.
Masalan, Yuridik universitetda 8027491 hamda 8027493 raqamli savollar kitobini işlagan abituriyentlar 100% lik natija körsatgan, yaʼni 189 ball olgan. Hattoki ikkalasi ham ingliz tilidan tegişli CEFR daraja olgan ekan.
Yoki 8023744 raqamli abituriyent 187,9 ball olgan. Faqat çet tilidan bittagina xato qilgan, qolganini 100% topgan.
Oddiy mantiqiy savol: xöş, nima uçun ular byudjetga kira olmasligi kerak? Boşqa OTMlarda 70 ball bilan byudjetga kirayotgan bir paytda uşbu holat ijtimoiy adolatsizlikning eng yorqin namunasi emasmi? Boşqalarni qöya turaylik, mayli. Lekin TDYUUni özida ham grantga kiriş uçun heç qanday imkoniyat qolmayaptiku?!
Agar eng yuqori ball olganlar orasida qizlar bölsaçi, unda ular nima qilişi kerak?
Mayli, mamlakatimiz xavfsizligi uçun şunçalar harbiy imtiyoz muhim ekan, berilsin, qarşi emasmiz. Lekin bu imtiyoz özgalarga ziyon yetkazmasin. Boşqa abituriyentlarga xalaqit bermasin, ularning davlat grantida öqiş huquqini toptamasin!!!
Mutasaddi rahbarlar keyingi yilda şu masalani ham körib çiqişsa, yomon bölmasdi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
