Körpaça ustidagi savollar kitobi voqeasiga izoh kerak
Keça @daryo_live kanali savollar kitobi körpaça ustida suratga tuşirilgan abituriyent Samarqand tibbiyot institutiga 163,8 ball bilan davlat granti asosida öqişga kirgani haqida maʼlumot berdi.
Mening özimga ham bu haqida yuzlab xabar yuborişdi. Keça juda köpçilik javoblar çiqişi hamono eng birinçi qilgan işi, öşa rasmi çiqqan abituriyentlarning natijasini tekşiriş böldi. Jamoatçilik nazorati şunday böladi, aslida!
Hattoki ötgan yilgi Narxoz haqidagi maqolalar taʼsirida joriy yilda köpçilik kirgan abituriyentlarning kodlarini tahlil qilişni boşlab yuborgan. Kim-kim bilan bir guruhda ötirgan, yonma-yonmi yoki uzoqda, xullas xalqning özi har qanday şubhali narsalarni tekşirişga harakat qilişmoqda. Jamoatçilik nazorati şunday böladi, aslida!
Bundan juda ham xursandman, rosti. Odamlarning tekin baliq tarqatmaslik kerak, aksinça ularning qöliga qarmoq berib, baliq tutişga örgatiş kifoya. Şuni foydasi köproq.
Samarqand masalasiga kelsak, bu böyiça viloyatdagi masʼullar va özi umuman test tizimining şaffofligi uçun javobgar bölgan mutasaddilar uşbu holatga albatta izoh berişlari lozim. Bu izoh oçiq va oşkora bölsin.
«Körpaça voqeasi» tekşirilişi, 8020469 raqamli savollar kitobini yeçgan abituriyent qanday qilib byudjetga kirgani aniqlanişi şart.
Men hozir uşbu voqeada taxmin va tusmollarim bilan darrov kimnidir aybdorga çiqarmoqçi emasman. Balki savollarni abituriyentning özi yeçgandiru, imtihondan söng özi bilan savollar kitobini olib çiqib ketgandir (lekin nima uçun savollar kitobi buklanmagan, bu şunçaki qiziq). Savollarga 100% javob bergan abituriyentlarga hayron qolmayapmizku, şuning uçun 163 ballni öz kuçi bilan olişi mumkinligiga ham işoniş mumkin.
Aytmoqçimanki, kimnidir ayblab, şov-şuv qilmasdan rasmiy izohni kutganimiz maʼqul. Lekin bir şarti bilan - öşa rasmiy izoh albatta berilişi kerak!
P.S.: xursand bölayotgan tomonim, ötgan yillarda bunaqa rasmlar minglab çiqardi, lekin eʼtibor ham bermasdik. Oddiy hol edi. Hozir esa şunday tizim yaratildiki, bitta rasm uçun hamma dod-voy qilib taşlayapti. Şu kunlarni ham köradigan kun bor ekanku, şukr!
Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/xushnudbek



