Xotin-qizlar uçun imtiyozli kvotalar hisoblaniş tartibi
❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
Köpçilik şu savol bilan murojaat qilayotgani uçun aniq misol bilan tuşuntirmoqçiman.
Juda köp xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq öqişga kiraman" deb öylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan taşqari ular yuqori ball ham töplaşi kerak, yaʼni bilim ham muhim.
Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika böylab kunduzgi taʼlimga davlat granti asosida jami 2000 ta QÖŞIMÇA kvota ajratilgan. Sirtqi va keçki taʼlimda imtiyoz berilmaydi.
Kvotalar hududlar kesimida bölib çiqilgan. Batafsil kvota mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/10112
Hisoblaş tartibi
Keling, Samarqand misolida körib çiqamiz. Samarqand viloyatida yaşaydigan va tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun jami 227 ta qöşimça kvota ajratilgan. Xöş, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qöllanadi?
Buning tartibi quyidagiça:
➖ tuşuniş osonroq bölişi uçun Samarqand viloyatiga 5 ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;
➖ aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;
➖ pastdagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topşirgan (bu yerda osonroq tuşunarli bölişi uçun OTMlar nomlarini oldim, yönalişlarga bölib ötirmadim);
➖ abituriyentlar turliça ball töplaşdi;
➖ Samarqanddan tavsiyanoma olgan barça xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abituriyentlar grant asosida qöşimça kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yaşil rang bilan berilgan);
➖ rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini köriş mumkin.
➖ qolgan xotin-qizlar özining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda iştirok etadi, yaʼni imtiyoz doirasida öqişga kira olmasa ham umumiy tartibda tanlovda qatnaşaveradi;
Qissadan hissa şuki, Samarqand viloyatida jami aytaylik ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bölsa, ular orasidan eng köp ball töplagan 227 nafar xotin-qizlar davlat granti asosida qöşimça kvotaga qabul qilinadi.
‼️Beşta yönalişni tanlaganda, tavsiyanoma faqat 1-yönalişga ötadi. 2 va undan keyingi yönalişlarda qöşimça kvota berilmaydi, umumiy tartibda tanlovda qatnaşiladi.
Xullas, tartibi şunaqa.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 124


