Abituriyentlar DTM binosi oldiga töplanişdi
Abituriyentlar DTM binosi oldiga töplanişdi
Qölida harbiy tavsiyanomasi böla turib, lekin imtiyoz qöllanmagan bir guruh abituriyentlar DTM oldiga yiğilişibdi. Ularni tuşunsa böladi, ular qonunlarda yozib qöyilgan öz haqqini talab qilişmoqda. Hukumatdan qarz söramayapti, yöq narsani osmondan talab qilmayapti, bizga rahm qilib istisno tarzda yordam beringlar demayapti. Şunçaki marhamat qilib qonunlarni boriça işlatib qöyinglar deyapti. Va ular 100% haq.
Bu yerda muammo kimda, qaysi taşkilot xato qilgan, abituriyentlarga qiziq emas.
Nega abituriyentlar şunça joydan kelib, DTM oldiga yiğilişdi? Karantin paytida zarilmidi? Ularni töplangani uçun ayblay olamizmi?
Sababi oddiy - muammo kötarilganiga şunça kun ötgan bölişiga qaramasdan, rasmiylardan aniq va jöyali javob berilmadi. DTM öz bayonotlarida muammo boşqa vazirliklarda dedi xolos. Mudofaa, Içki işlar vazirliklari, Milliy gvardiya va boşqa harbiylaşgan taşkilotlar esa bu böyiça heç qanday rasmiy izoh bermadi. Birorta masʼul çiqib, uşbu vaziyat yuzasidan aniq va konkret gap aytmadi. Mavhumlik, mavhumlik va yana mavhumlik...
Tayinli javob ololmagan fuqarolar nima qiladi? Sabr-kosasi töladida, köçaga çiqadi, kerakli joyga töplanib boradi. Demak, muammo kimda? Ha, barakalla - taʼlimga masʼul bölgan davlat taşkilotlarida!
Davlat qabul komissiyasi tezroq bu masalani hal qilişi kerak.
P.S.: tovuq tuxum qöyganday imtiyozlarni qatorlaştirib taşladik, ana endi har biri uçun yaxşigina boşoğriqni qabul qilyapmiz. Bundan Hukumat tezroq töğri saboq çiqarişi kerak.
👉 @xushnudbek 👈

