Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Toğli Qoraboğda Ozarbayjon va Armaniston örtasida jang boşlandi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Doimiy qarama-qarşiliklar markazi bölib keladigan Toğli Qoraboğda Ozarbayjon va Armaniston örtasida bugun yana jang boşlanibdi. Bu safar jang kölami ança kengroq.

Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan Ozarbayjon bilan uruş boşlanganini maʼlum qilib, mamlakatda harbiy holat va umummilliy mobilizatsiyasi eʼlon qildi.

«Ona vatan uçun, ğalaba uçun», - deb yozdi Paşinyan Tvitterda.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham fuqarolarga murojaat bilan çiqib, armanlarning hujumi natijasida yöqotişlar borligini, Ozarbayjon hukumati bu harakatlarni javobsiz qoldirmasligini maʼlum qildi.

Ikki davlat jiddiy harbiy harakatlarni boşlab yuborgan.

Uşbu janglar MDHning faol aʼzosi va 2020-yildagi rahbari sifatida Özbekiston uçun yoqimsiz, albatta. Tezroq hammasi tugab, tomonlar tinç diplomatik yöl bilan kelişib oladi, degan umiddamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek