189 ball mojarosi: sportçilar imtiyozi notöğri qöllangan
❗️189 ball mojarosi: imtiyozlar notöğri qöllangan, abituriyentlar örni qayta hisob-kitob qilinişi kerak
Xabaringiz bor, joriy yilda köplab yönalişlarda 189 ball olgan abituriyentlar grantga kira olmay, kontraktga tavsiya etilgani jamoatçilikda eʼtirozlarni keltirib çiqarmoqda.
Jumladan, turli xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarda ğolib bölgan sportçilar imtiyozli ravişda berilgan kvota doirasida grantga qabul qilindi. Natijada köplab yönalişlarda 189 ball olganlar kontraktga tuşib qoldi.
Hozir imtiyozlar beriş tizimi qay darajada adolatsiz ekanligi haqida gapirmoqçi emasman. Bu masalaga alohida töxtalaman. Hozir boşqa jihatga eʼtiboringizni qaratmoqçiman.
❓Xöş, sportçilar kvota içida qabul qilinişi kerakmidi yoki boşqalar xalaqit qilmasdan kvotadan taşqarimi?
DTM bergan rasmiy bayonotga köra, Vazirlar Mahkamasining 13.10.2008-yildagi 226-son qaroriga köra, sportçilar mavjud kvota içida qabul qilinişi kerak. Ha, haqiqatdan öşa 12 yil oldingi hujjatda şunaqa yozilgan.
Ammo joriy yilning boşida, aniqroği 2020-yil 24-yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5924-sonli Farmoni qabul qilingan. Mazkur farmonning 12-bandida quyidagiça qoida belgilangan:
«12. Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligining 2020-yil 1-fevraldan boşlab sport sohasidagi yutuqlarni munosib ravişda rağbatlantirişni nazarda tutuvçi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) olimpiya va paralimpiya sport turlari böyiça Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo öyinlari, jahon, Osiyo va respublika çempionatlarida oxirgi uç yilda ğolib va sovrindor (1 — 3 örin) bölgan sportçi-öquvçilarni Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan oliy taʼlim muassasalariga (tibbiyot yönalişidan taşqari) qöşimça davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qiliş;»
Körib turganingizdek, Prezident farmonida sportçilarga qöşimça davlat granti ajratilişi belgilab qöyilgan. Yaʼni ular boşqa bilimlilarga xalaqit bermasligi kerak edi.
«Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi qonunga köra, Prezident farmoni Vazirlar Mahkamasi qaroridan ustun turadi va 2 xil qoida keltirilgan bölsa, Prezident farmonida belgilangani kuçga ega böladi.
‼️Şunga köra, kvota içida qabul qilingan barça sportçilarga qöşimça grant ajratilişi kerak va natijada qolganlarning örni qayta hisoblanişi lozim, deb hisoblayman.
Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda jismoniy tarbiya va sport vaziri 18-sentabr kuni imzolagan xat nusxasi tarqaldi. Haqiqiyligi hozirça rasman tasdiqlanmagan uşbu xatga vazirlik imtiyoz berilişi kerak bölgan sportçilar röyxatini ilova qilgan hamda ular umumiy qabul parametrlaridan taşqari qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilinişi haqida yozilgan.
Mazkur holat böyiça masʼul taşkilotlardan rasmiy izoh kutib qolamiz.
❗️P.S.: lekin yana bir narsa, agar barça sportçilar qöşimça kvotaga ötkazilgani bilan, 189 ball olganlarni grantga kirişiga tösqinlik qiladigan yana bir toifa imtiyozçilar baribir saqlanib qolişi mumkin. Bular "Temurbeklar maktabi" bitiruvçilari bölib, ularga qöşimça ball beriladi va ularning köpçiligining ballari 189 balldan oşib ketgan. Ha, şunaqa, Özbekiston ana şunday mantiqsiz imtiyozlar mamlakati. Bu mavzuga yana qaytamiz.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

