Imtiyozli abituriyentlar kvotadan taşqari qabul qilinadi
0:00 / 2:37
✅ Endi imtihonsiz öqişga kiriş imtiyozi bor abituriyentlar kvotaga taʼsir qilmaydi
Qonunçilik hujjatlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida öqişga kiriş böyiça imtiyozga ega bölgan şaxslar umumiy qabul parametrlaridan taşqari qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi.
Bunga qadar ular kvota doirasida davlat granti örnini band qilar, natijada qaysidir abituriyentlar kontraktga ötib qolardi.
Şu vaqtgaça kvota doirasida imtihonsiz öqişga kiriş huquqini beradigan imtiyozlar röyxati quyidagiça edi:
➖ Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
➖ “Nihol” mukofoti sohiblari;
➖ “Mard öğlon” davlat mukofoti sohiblari;
➖ “Tarbiyaçi” körik-tanlovi ğoliblari;
➖ “Hamşira” respublika tanlovi ğoliblari;
➖ Özbekiston yoşlar ittifoqining faol aʼzolari;
➖ Xalqaro olimpiadalar ğoliblari.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
