Xotin-qizlar uçun 4 foizlik imtiyoz böyiça tuşuntiriş

Matn26-sentabr, 2020, 17:512 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz yuzasidan ayrim tuşuntirişlar

#abituriyent

Mandat çiqqandan keyin köpçilik "nima uçun bizga xotin-qizlarga berilgan 4%lik imtiyoz qöllanmadi?" deb savol bermoqda. Şuning uçun ayrim tuşuntirişlarni berib ötmoqçiman.

👉 Birinçidan, keçagi mandatda barça imtiyozlar inobatga olingan, yaʼni mening balimga imtiyoz qöşilmabdi, endi qöşilarkan, deb öylayotganlar adaşyapti;

👉 Ikkinçidan, 4% lik imtiyoz bu ball qöşib beradi degani emas. Köpçilik özim töplagan balimga yana ball qöşib berilişi kerak edi, nega qöşilmadi deb hayron bölib yuribdi. Sizga notöğri maʼlumot berişgan, heç qanaqa ball qöşilmaydi;

Yana ham mana bu postda batafsil tuşuntirganman, eʼtibor bilan qayta öqib çiqing:
https://t.me/xushnudbek/6373

👉 Uçinçidan, yana köpçilik tavsiyanoma oldim degani, grantga 100% kirdim degani, 68 balldan oşirsam, böldi, deb öylagan. Bu ham notöğri. Tavsiyanoma olişning özi öqişga kirdi degani emasdi, öqişga kiriş uçun yuqori ball ham töplaş, yaʼni bilim ham muhim edi. Jumladan, hududlar kesimida tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun ötiş bali quyidagiça böldi:

Qoraqalpoğiston – 154,5
Andijon – 135,2
Namangan – 151,5
Farğona – 151,6
Buxoro – 160,2
Xorazm – 154,9
Surxondaryo – 150,5
Qaşqadaryo – 157,3
Jizzax – 151,8
Navoiy – 163,9
Samarqand – 151,4
Sirdaryo – 138,5
Toşkent viloyati – 138,7
Toşkent şahri – 136,3

Yaʼni uşbu hududdan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar mana şu ballardan ötkaza olsagina, özi topşirgan OTMga grantga kirdi. Bundan past ball töplaganlarga 4%lik imtiyoz qöllanmadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Quvadagi beton tösiqlar olib taşlandi

    01 daqiqa

Yana oʻqing