Harbiy tavsiyanomasi tasdiqlanmagan abituriyentlar masalasi

Matn26-sentabr, 2020, 14:392 daqiqa0 koʻrish

​Ayrim abituriyentlarning imtiyoz beruvçi tavsiyanomalari tasdiqlanmagan

Yodingizla bölsa, qabul jarayonlari boşlaniş arafasida abituriyentlar uçun @abituriyentguruh degan guruh oçgan edik. Uşbu guruhda qabul jarayonlariga oid huquqiy tuşuntirişlar va maslahatlar berib borilişi bilan bir qatorda, abituriyentlar özlari duç kelayotgan muammolar haqida ham özaro fikr va tajrima almaşişi mumkin edi.

Bugun DTM uşbu guruhda qoldirilgan ikkita masala böyiça rasmiy tuşuntiriş berdi. Yaʼni ayrim abituriyentlar harbiy qism qömondonligi tavisyanomasiga ega bölib, yetarli ball töplasada, talabalikka tavsiya etilmaganidan şikoyat qilgan edi [1-holat], [2-holat].

Maʼlumki, Qurolli Kuçlar safida muddatli harbiy xizmatni ötab, harbiy qismlar qömondonligining tegişli tavsiyanomalariga ega bölgan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi va ular dastlab uşbu kvotalar içida bahslaşadi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun imtiyozga ega bölgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestrini şakllantiriş uçun masʼul bölgan vakolatli organlar tasdiqlangan (taşkilotlar röyxati pastdagi suratda).

DTMning aytişiça, harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar röyxatdan ötişda özlariga tegişli tavsiyanoma maʼlumotlarini dasturga kiritgan va röyxatga oliş yakunlangandan söng, ularning maʼlumotlari masʼul vakolatli organga yuborilgan hamda maʼlumotlarning töğri ekanligi tekşirilib, tasdiqlangan.

Ammo yuqorida keltirilgan abituriyentlarning maʼlumotlari örganilganda ularning tavsiyanomasi masʼul vakolatli organ tomonidan tasdiqlanmagan.

Şunday qilib, harbiy tavsiyanomasi tasdiqlanmagan abituriyentlarga nisbatan imtiyoz qöllanilmagan.

Hurmatli harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar! Agar sizda ham şunaqa muammo bölgan bölsa, yaʼni balingiz yetarli bölsa ham imtiyoz qöllanmagan bölsa, unda özingiz xizmat qilgan harbiy qism qaraşli bölgan vazirlik yoki taşkilotga murojaat qiling. Ular nima uçun sizning tavsiyanomangizni tasdiqlab bermaganiga aniqlik kiriting.

Va şu bilan bir vaqtning özida DTMga apellyatsiya ham yuboring. Albatta DTM sizning imtiyozingizni qöşib qöyişga vakolatli organ emas, ammo apellyatsiya bermasdan bunga huquqiy yeçim topişning ham iloji yöq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek