Deputatning OTMga kiriş imtiyozlari haqidagi fikriga munosabat
Deputatning gapidagi mantiqsizlik şundaki, 206 ball töplagan abituriyentning özi ham imtiyozdan foydalangani uçun şunaqa ball olgan. «Temurbeklar maktabi» bitiruvçilariga he yöq, be yöq, ball qöşib beriladi.
Bundan taşqari deputatimiz bu imtiyozlar uçun Oliy taʼlim vazirligi va Davlat test markazini söroqqa tutibdi. Bu ham mantiqsizlik.
Özi oxirgi paytlar deputatlar Ali qolib, Valiga yopişadigan odat çiqaryapti. Masalan, maşinalar importiga juda katta boj joriy qilib, nosoğlom raqobat muhitini yaratib qöygani uçun Hukumat rahbarlarini ayovsiz söroqqa tutmaydi-da, faqat maşina zavodini ayblaşadi. Yoki davlat rahbari selektorda bergan topşiriqqa eʼtirozini Xalq taʼlimi vaziriga qaratişadi. Şunisi tinçroq bölsa kerakda.
Hurmatli deputatimiz, bilmasangiz bilib qöying, imtiyozlarning yarmi Prezident farmon va qarorlari bilan, qolgan yarmi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan joriy qilingan. Pastdagi ijroçilarga yopişmasdan, kerakli odamlarga eʼtiroz qilsak bölmaydimi?
Yöqolsin, adolatsiz imtiyozlar!
👉 @xushnudbek 👈


