Ayrim abituriyentlar test tölovidan ozod etildi

Matn21-aprel, 2022, 20:451 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

✅ Ayrim abituriyentlar testga kirişdagi tölovdan ozod etildi

Prezidentning tegişli farmoniga (PF–113-son, 20.04.2022 y.) köra, quyidagi 2 toifa abituriyentlar OTMlarga öqişga qabul qilişda ötkaziladigan kiriş test sinovlarida iştirok etiş uçun undiriladigan tölovlardan ozod etildi:

1) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida röyxatga olingan şaxslar va ularning farzandlari;
2) “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlar.

❓ Özi bu qanaqa tölov va ilgari kimlar ozod qilingan edi?

2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son Prezident qaroriga asosan, test sinovlari taşkil etilayotgan öquv yilidan avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida iştirok etişi uçun bazaviy hisoblaş miqdorining yarim baravari (hozir 135 ming söm) miqdorida tölov undiriladi.

Demak, test böladigan yilda maktab, litsey yoki kollejni tugatganlar tölov qilmaydi. Faqat avvalgi yilda tugatganlardan tölov olinadi.

Şuningdek, bugungaça 2 ta toifa — nogironligi bölgan (I, II va III guruh) yoki töliq davlat taʼminotidagi şaxslar (Mehribonlik uyi yoki Bolalar şaharçasi bitiruvçilari) ham test tölovidan ozod qilingan edi.

Endilikda avvalgi yillarda tugatgan yuqorida tilga olingan 2 toifadagi abituriyentlar ham tölovdan ozod etiladigan böldi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 643
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek