Abituriyentlar uçun qabul jarayonidagi muammolar va takliflar
Qabul jarayonlariga masʼul bölgan mutasaddilardan iltimosim bor edi.
Bugungaça qilingan keng kölamli işlarni eʼtirof etgan holda, abituriyentlardan kelib tuşayotgan köplab iltimoslarni Sizlarga yetkazmoqçiman. Umid qilamanki, mazkur masalalar ham tezda özining ijobiy yeçimini topadi.
1. Kiriş ballari haqida internet orqali maʼlumot olişni yölga qöyiş.
Eng köp berilayotgan savol – qaysidir OTMning, qaysidir fakultetiga kiriş bali haqida maʼlumot söraş bölmoqda.
Çunki internet orqali faqat özining bali va kirgan-kirmaganini biliş mumkin. Lekin ötiş bali haqida faqatgina OTMga şaxsan borib, ilingan qoğozni körgaç bila oladi xolos. Ammo bu köpçilikka noqulaylik tuğdiradi, ayniqsa viloyatliklarga.
Ötiş bali nima uçun kerak, dersiz? Bunga quyidagi 3 ta asosiy sababni keltirmoqçiman:
a) Kira olmaganlar qöşimça kontraktning qaysi hududida turganini bilişga qiziqadi. Bilamizki, dastlabki 4 ballik hudud ança arzon, keyingilari esa keskin qimmatlaşadi. Masalan, 150 ball bilan yiqilganlar kirişga neça ball yetmaganini bilişni xohlaydi.
b) Apellyatsiya beriş yoki bermaslik masalasi uçun kerak. Agar çiziqqaça yoki grantgaça masofa uzoq bölsa, ovora bölmaylik, deyişadi.
c) Harbiy imtiyozlilar 2-OTMga kira olgan yoki yöqligini biliş uçun.
TAKLIF: har kuni internet orqali har bir yönalişning ötiş ballari ham eʼlon qilib borilsa (faqat iltimos, örtaça ötiş bali emas, sof kiriş bali aytilsa). Menimça, bu qiyin iş bölmasa kerak.
2. Köpçilik tuşunmayotgan tartiblarga rasmiy izoh berişni yölga qöyiş.
Abituriyentlar uçun ayrim tuşunarsiz holatlarga izoh berişni yölga qöysak yomon bölmasdi. Xususan, hozir eng aktual savollar quyidagilar:
a) Harbiy imtiyozi bor abituriyentlar tanlagan 2-OTMdagi test sinovlari keyingi kunlarda bölsa va asosiy OTMga kira olmagan, lekin töplagan bali 2-OTMga yetgan bölsa, ular kirgan-kirmaganini qanday bilsa böladi? Bu haqida avvalroq ham yozgandim.
b) Harbiylarning farzandlari uçun imtiyozlar berilgan edi. Köpçilik, aynan şu masalada ham söraşmoqda. Yaʼni maxsus tavsiyanomasi bor harbiyning farzandi öqişga kira olmasa nima böladi? Özi bu tavsiyanoma nima uçun kerak edi va qanday foydasi tegadi?
c) Nogironlardan ham xuddi şunday savollar kelib tuşmoqda. «Har bir OTMda nogironlar uçun 2%lik kvota ajratilgan edi, men yetarli kiriş bali töplay olmadim, endi nima böladi? Kvota menga qöllanadimi?» deya söraşmoqda.
Hozirça şular. Yana masalalar bölsa, yetkazişga harakat qilaman. Rahmat.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
