Abituriyentlar uçun apellyatsiya beriş tartibi eʼlon qilindi
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali test sinovi natijalaridan norozi bölgan abituriyentlar uçun apellyatsiya beriş tartibi haqida izoh berdi.
Test sinovlari natijasidan norozi bölgan abituriyentlar 20-avgustdan 30-avgustgaça (belgilangan iş vaqtiga muvofiq, dam oliş kunlarisiz ön bir kalendar kuni içida) bölgan muddatda Özbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron şaklda apellyatsiya şikoyatini beriş huquqiga ega.
Abituriyentga apellyatsiya şikoyati qabul qilinganligi töğrisida uç iş kuni içida xabarnoma beriladi.
Apellyatsiya şikoyati Davlat test markazida hamda uning Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi bölimlarida qabul qilinadi.
Apellyatsiya şikoyatiga abituriyent ruxsatnomasining nusxasi ilova qilinişi kerak.
Apellyatsiya şikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda özining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişi şart.
Apellyatsiya şikoyati körilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topşiriqlari notöğri bajarilgan javoblar röyxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topşiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent özining har bir notöğri deb hisoblangan test topşiriğiga javoblarini yozma ravişda bayon qiladi va qabul qilib olgan barça test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
Apellyatsiya şikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent iştirokida, uning yozma javoblari asosida körib çiqiladi.
Abituriyentning yozma javoblari öz tasdiğini topmagan bölsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini özgarişsiz qoldiriş va apellyatsiya şikoyatini qanoatlantirişni rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi.
Abituriyentning javoblar varaqasi, test topşiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bölsa, şuningdek, test sinovlaridan çetlaştirilgan yoki özining javoblarini yozma ravişda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya şikoyati körib çiqilmaydi.
Abituriyent apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya şikoyatini körib çiqiş natijalari böyiça qabul qilgan qarori yuzasidan belgilangan tartibda sudga şikoyat qilişi mumkin.
Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/xushnudbek
