Test imtihonlari va abituriyentlar taassurotlari

Matn3-avgust, 2018, 18:402 daqiqa0 koʻrish

Muştariylardan xabarlar:

1️⃣ Assalomu alaykum. Men kecha jiyanimni ToshDPI test imtihonlariga olib borib erkin kuzatuvchi sifatida qatnashdim. Bu yil imtihonlar 99% shaffof o'tmoqda... Monitordan ko'rib turdim 11:00 da abituriyentni majburan chiqarib yuborishdi... 1% ishonmaganim ba'zi abituriyentlar 1.5 soatdan keyin ya'ni 9:30 da testdan chiqib ketdi... Lekin xursand edi, shunisiga sal ikkilandim. Barcha abituriyentlarga omad.

2️⃣ Assalomu alaykum! Men Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga to'lov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilinibman. Yillar davomida olgan taxsilim o'z samarasini berdi va birinchi urinishdayoq talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ldim! Barchaga omad tilayman! O'qigan odam hech qachon yutqazmasligiga yana bir bor amin bo'ldim! Andijondan.

3️⃣ Salom xushnid aka bugun talaba boldim va bu baxtni siz bilan bo'lishkim keldi. O'qigan odam xech qachon kam bolmaydi. Grant bilan talaba boldim quvonchim cheksiz. Qolgan abuturientlarga xam omad tilab qolaman buxorodan Shavqiddin

4️⃣ Salom, Hushnudjon! Shunday nazorat, testlarning ohirgi kunigacha bir xil qattiq bo'lib qolarmikan, qayeridadir g'ofil bo'libmi, charchabmi qo'l siltash holati bo'lmasmikan? U yerdagi ota-onalar va abiturientlarga "shunday holatni sezsangiz aytinglar" deb takrorlangani bilan ham, gapirishga jur'at topmaydigan, uyaladiganlar juda ko'p, chunki bu tarbiyamizga xos. Sizlardan iltimos, ko'chirmachilarni tutishga yordam berishga yoshlarni va ota-onalarni ko'proq chorlang, mutasaddilarning o'zlariga qo'yib-qo'ymasdan...

5️⃣ Assalomu aleykum Xuşnudbek aka. Men Xorazm viloyatidanman , test sinovlariga ayrim dostlarim katnaşib ulgurişdi , xammasi juda kattik nazorat ostida utgani , barçasi yukori darajada taşkil yetilganini aytişyabti. Ammo bitta muoammo bor , barça 3 fandan xam tayerlanib 3tasiniyam işlamokçi bolgan abituriyentlar uçun bir bet kogoz yetarli emas. Ilgarlari bunday muammo bolmasdi , xozir yesa maksimum yana bir bet kogoz berişyapti xolos. Şu tugrimi nima deb uylaysiz?

6️⃣ Keça imtixon jarayoni Fargonada yaxşi boldi ammo nazoratçilar şoşiltirib juda asabga tegişdi. Yakunlanişiga 1 soat kolgandan boşlab vakt oz koldi deb bakirib yurişdi. 1 marta ogoxlantirsang yetadida nima keregi bor xar minut aylanib 15tami esoatib yurişini, uni ustiga vakt korinib turgan bolsa

7️⃣ Salom Xushnud aka....talaba bo'la olmagan abiturientlar kayfiyatini tushirishmasin .... xali hammasi oldinda....ularning kayfiyatini biroz ko'tarish uchun mashhur rus shoiri A.Pushkinning quyidagi she'rini kanalda e'lon qilsangiz xursand bo'lar edim

Agar seni aldasa hayot
Sen noumid bo'lma hech qachon.
G'amli kunga qilgin itoat,
Xushnud kunlar keladi,ishon !

Qalb kelajak ishqi-la yashar;
Bu kunimiz qayg'u va dog'li:
Bari oniy, o'tishga shoshar,
O'tgan esa, hamisha totli.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek