Test imtihonlari va abituriyentlar taassurotlari
Муштарийлардан хабарлар:
1️⃣ Assalomu alaykum. Men kecha jiyanimni ToshDPI test imtihonlariga olib borib erkin kuzatuvchi sifatida qatnashdim. Bu yil imtihonlar 99% shaffof o'tmoqda... Monitordan ko'rib turdim 11:00 da abituriyentni majburan chiqarib yuborishdi... 1% ishonmaganim ba'zi abituriyentlar 1.5 soatdan keyin ya'ni 9:30 da testdan chiqib ketdi... Lekin xursand edi, shunisiga sal ikkilandim. Barcha abituriyentlarga omad.
2️⃣ Assalomu alaykum! Men Jaxon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga to'lov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilinibman. Yillar davomida olgan taxsilim o'z samarasini berdi va birinchi urinishdayoq talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ldim! Barchaga omad tilayman! O'qigan odam hech qachon yutqazmasligiga yana bir bor amin bo'ldim! Andijondan.
3️⃣ Salom xushnid aka bugun talaba boldim va bu baxtni siz bilan bo'lishkim keldi. O'qigan odam xech qachon kam bolmaydi. Grant bilan talaba boldim quvonchim cheksiz. Qolgan abuturientlarga xam omad tilab qolaman buxorodan Shavqiddin
4️⃣ Salom, Hushnudjon! Shunday nazorat, testlarning ohirgi kunigacha bir xil qattiq bo'lib qolarmikan, qayeridadir g'ofil bo'libmi, charchabmi qo'l siltash holati bo'lmasmikan? U yerdagi ota-onalar va abiturientlarga "shunday holatni sezsangiz aytinglar" deb takrorlangani bilan ham, gapirishga jur'at topmaydigan, uyaladiganlar juda ko'p, chunki bu tarbiyamizga xos. Sizlardan iltimos, ko'chirmachilarni tutishga yordam berishga yoshlarni va ota-onalarni ko'proq chorlang, mutasaddilarning o'zlariga qo'yib-qo'ymasdan...
5️⃣ Ассалому алейкум Хушнудбек ака. Мен Хоразм вилоятиданман , тест синовларига айрим достларим катнашиб улгуришди , хаммаси жуда каттик назорат остида утгани , барчаси юкори даражада ташкил етилганини айтишябти. Аммо битта муоаммо бор , барча 3 фандан хам таерланиб 3тасиниям ишламокчи болган абитуриентлар учун бир бет когоз етарли эмас. Илгарлари бундай муаммо болмасди , хозир еса максимум яна бир бет когоз беришяпти холос. Шу тугрими нима деб уйлайсиз?
6️⃣ Кеча имтихон жарайони Фаргонада яхши болди аммо назоратчилар шошилтириб жуда асабга тегишди. Якунланишига 1 соат колгандан бошлаб вакт оз колди деб бакириб юришди. 1 марта огохлантирсанг етадида нима кереги бор хар минут айланиб 15тами эсоатиб юришини, уни устига вакт кориниб турган болса
7️⃣ Salom Xushnud aka....talaba bo'la olmagan abiturientlar kayfiyatini tushirishmasin .... xali hammasi oldinda....ularning kayfiyatini biroz ko'tarish uchun mashhur rus shoiri A.Pushkinning quyidagi she'rini kanalda e'lon qilsangiz xursand bo'lar edim
Agar seni aldasa hayot
Sen noumid bo'lma hech qachon.
G'amli kunga qilgin itoat,
Xushnud kunlar keladi,ishon !
Qalb kelajak ishqi-la yashar;
Bu kunimiz qayg'u va dog'li:
Bari oniy, o'tishga shoshar,
O'tgan esa, hamisha totli.
Каналга уланиш: 👇
https://t.me/xushnudbek
