Abituriyentlarning test sinovlari haqidagi fikrlari
Муштарийлардан фикрлар:
#abituriyent
1️⃣ Toshkentdan yozayapman. Biroz avval O'zekspomarkaz'da test sinovlarini topshirib chiqdim. Kayfiyatlar joyida. Ostonadan boshlasak agar hammasi alo darajada tashkillashtirilgan. Aynan bizning blokda hech qanday ko'ngil xiralik, test'dan chetlatilish holatlari yuz bermadi. Ikkitagina kechga qolib kelganlarni hisobga olmasak qolgan hammasi yaxshi o'tdi. Faqat, bir narsa, vakil, xafvsizlik xizmati hodimlarining muomalasi saal chatoqroq, o'zlarini osmon tutvorayapdi.
2️⃣ Men bugun test sinovlarida qatnashdim hammasi tartibli va halol. Savollar ham juda murakkab savollar emas.
3️⃣ Bu yilgi testlar haqida:
1) Bugungi kungi DTM testlari Axborotnomalarnikiga o'xshash emas;
2) Savollar harbiylarnikiga deyarli o'xshamaydi;
3) Fizikadan (nazariy) savollar unchalik qiyin emas.
4️⃣ Men 29-iyul kuni 1-smenada imtihon topshirdim. ADU ning xorijiy tillar fakulteti binosi sport zalida bo'ldi imtihon. Meni bir narsadan konglim to'lmadi. Avvalgi yildagidek tekshiruv qattiq bo'lmadi nazarimda. 1 ta postda ichki ishlar hodimlari tomonidan tekshirildik holos. Bunday tekshiruvdan kn ancha muncha shpargalkalar olib o'tish mumkin menimcha. Balki ichkaridagi kuzatuvga ishonib shunday qilishgandir, ln ichkarida ham kameralar yetarli darajada emas edi har bir abituriyentni yetarli darajada ko'rish imkoniyati yo'q. Telefon ishlatolmas balki lekin qo'llanmalardan foydalanish mumkin meni nazarimda.
5️⃣ Men Andijon viloyatida istiqomat qilaman. O‘zim abituriyent tayyorliman. O‘quvchilarim birin-ketin imtixonga yo‘l olishmoqda. Imtixonning birinchi kunida ikki nafar o‘quvchim imtixon topshirdi. Ikkisida ham bir xil fikr:"Imtixon haqqoniy bo‘lyapti". Ota onalar ham hursand: "Suv oqava " tashkiloti tomonidan bepul suv tarqatish tashabbusi ularni hursand etgani tabiiy. Ushbu tashabbus imtixon oxirigacha davom etadi degan umidaman.
Barcha aboturiyentlarga omad tilab qolaman!
Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
👉 @xushnudbek 👈

