Abituriyentlarga çeklanmagan yönalişlarni tanlaş taklif etildi

Matn29-yanvar, 2021, 10:271 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

2021/2022 öquv yilidan abituriyentlar çeklanmagan tarzda taʼlim yönalişini tanlaşi mumkin

ÖzA muxbiri Barno Meliqulova Davlat test markazi direktori Majid Karimov bilan suhbatlaşdi. Unda test tizimiga oid yangiliklar va rejalar xususida maʼlumot berilgan.

Jumladan, joriy yilda kiriş test sinovlarida iştirok etgan abituriyentlar uçun çeklanmagan miqdorda taʼlim yönalişlari böyiça tanlovda iştirok etiş huquqini yaratiş taklif etilmoqda. Bunda töplagan ballari bilan tanlov bosqiçida abituriyent avvalgidek 5 tagaça emas, balki test sinovi topşirgan fanlar majmui mos keladigan çeklanmagan miqdorda taʼlim yönalişlarini tanlaşi mumkin böladi va öqişga kiriş imkoniyati keskin oşadi.

Albatta bu çeksizlikning ham maʼlum talablari böladi. Avvalo aytiş kerakki, 3 yil oldin, 2018-yilgaça abituriyentlar bor-yöği faqat bitta taʼlim yönalişini tanlaşi mumkin edi. 2019-yilda bu körsatkiç 3 tani, 2020-yilda esa 5 tani taşkil etdi.

Bunda avvalo “çeksiz tanlov” iborasi xohlagan taʼlim yönalişini tanlaşni anglatmaydi va bunday özgarişni joriy etiş uçun test sinovi topşiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qatʼi nazar, bir xil ball berilişi talab etiladi. Kengroq tuşuntirilganda, “çeksiz tanlov” faqat test sinovi topşiriladigan fanlari bir xil bölgan taʼlim yönalişlari doirasida amal qiladi.

«Bu özgariş ham abituriyentlarning öqişga kiriş imkoniyatini keskin oşiradi», - deydi Majid Karimov.

Intervyuning töliğini quyidagi manzildan öqişingiz mumkin:
➡️ http://uza.uz/posts/237513

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek