5 ta fandan test sinovlariga oid barça maʼlumotlar

Matn16-yanvar, 2020, 11:463 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

5 ta fandan test sinovlariga oid hozirgaça maʼlum bölgan barça maʼlumotlar

👉 kelgusi yilda 5 ta fandan test bölişi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. Yaʼni bu masala allaqaçon hal etilgan, faqat tartibi hozirça rasman tasdiqlanmadi xolos;

👉 Majburiy fanlar bloki (barça uçun tuşadi):

Ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan;
Matematika - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan;
Özbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uçun 2.1 balldan.

Jami töplaş mumkin bölgan ball – 94.5 ball.

Ona tili va Özbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagaça, matematikadan - 1,5 daqiqagaça vaqt ajratiladi.

👉 Taʼlim yönalişiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yönalişiga qarab özgaradi):

1-fan - 30 ta savol, har biri uçun 3.1 balldan;
2-fan - 30 ta savol, har biri uçun 3.1 balldan.

Jami töplaş mumkin bölgan ball – 186 ball.

Asosiy blokdagi 2 ta fan uçun jami 2 soat vaqt beriladi.

👉 ballarni hisoblaş tizimida özgariş bölmaydi, avval qanday bölsa, şundayligiça qoladi. Yaʼni har bir blokdan töplangan ballar qöşilib, umumiy ballni taşkil etadi va abituriyentlar mana şu 5 ta blokdan töplagan bali böyiça özaro kuraşadi (ilgari uçta blokning umumiy bali olinardi). Eng maksimal ball 280,5 ball böladi;

👉 ayrim yönalişlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bölib qolişi mumkin. Masalan, matematika yönalişiga hujjat topşirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test işlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barçasi soddalaştirilgan, eng oson darajada böladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, örtaça, qiyin) böladi;

👉 5 ta fandan test bölişga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Şu paytgaça bölgani kabi, bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas;

👉 3 ta majburiy fan kasbiy (ijodiy) imtihon topşiriladigan yönalişlar uçun, şuningdek magistratura uçun taalluqli emas;

👉 3+2 körinişdagi uşbu tartib bakalavriatning barça taʼlim şakllari (kunduzgi, sirtqi, keçki) uçun birdek qöllanadi;

👉 majburiy blokda ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tuşadigan 15 ta savol içida Adabiyot fanidan test savollari bölmaydi;

👉 majburiy blokda Özbekiston tarixi fanidan tuşadigan 15 ta savol içida Jahon tarixidan test savollari bölmaydi;

👉 majburiy blokda Matematika fanidan tuşadigan 15 ta savol içida geometriya yoki informatikadan test savollari bölmaydi;

👉 mutaxassislik blokida Matematika fanidan tuşadigan 30 ta savol içida informatikadan savollar bölmaydi;

👉 mutaxassislik blokdagi 2 ta fan uçun joriy yilgi test sinovlarida qöllangan fanlar majmuasining 3,1 hamda 2,1 ball berilgan dastlabki 2 ta fan olinmoqda. Masalan, tibbiyot yönalişlari uçun biologiya va kimyo. Moliya-iqtisod yönalişlari uçun matematika va çet tili. Va h.k;

👉 qaysi yönalişda qaysi fanlardan test savollari bölişini mana bu yerdan körişingiz mumkin.

👉 test savollari tuşadigan darsliklar röyxati bilan mana bu yerda tanişişingiz mumkin.

Yuqoridagi maʼlumotlar Davlat test markazi xabarlari asosida tayyorlandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. FLEX dasturi Özbekistonga qaytdi

    03 daqiqa

Yana oʻqing