Putin Rossiya konstitutsiyasini özgartirişni taklif qildi
Manba:Daryo — LIVE
Putin Rossiya konstitutsiyasini qayta yozişni taklif qildi. Mana uning takliflari
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-yanvar kuni mamlakat parlamentiga murojaatnoma yölladi. Unda Putin mamlakat konstitutsiyasiga bir qator özgartirişlar kiritişni taklif qildi.
▪️Xalqaro huquq ustuvorligini çeklaş;
▪️Rossiya hukumatini tayinlaş jarayonini özgartiriş. Hukumat raisi, örinbosarlari va vazirlarni parlament tasdiqlaydi;
▪️Kuç işlatar tuzilmalar rahbarlarini tayinlaş jarayonini özgartiriş. Prezident ularni Rossiya Senati bilan maslahatlaşuvdan söng tayinlaydi;
▪️Prezident lavozimini bir kişi ketma-ket ikkitadan ortiq muddat egallaşini taqiqlaşga doir tartibni özgartiriş;
▪️Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodning mamlakatda doimiy yaşagan davriga doir talabni 10 yildan 25 yilga oşiriş;
▪️Sudyalar, Rossiya Federatsiyasi subyektlari rahbarlari, deputatlar va senatorlar, hukumat rahbari va vazirlarning xorijiy fuqarolik va çet elda yaşaş huquqiga ega bölişini taqiqlaş;
▪️Uşbu tartibni davlat rahbari uçun yanada qatʼiylaştiriş: prezident nafaqat saylangan vaqtida, balki ötmişda ham çet elda yaşaş huquqini beruvçi guvohnoma yoki xorijiy fuqarolik olmagan bölişi lozim;
▪️Davlat kengaşini konstitutsiyaviy organga aylantiriş;
▪️Rossiya Senatiga Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalarini lavozimidan ozod qiliş huquqini beriş.
▪️Bunday isteʼfolar Rossiya prezidenti taqdimnomasiga köra obrösizlantiruvçi qilmişlar uçun amalga oşiriladi;
▪️Konstitutsiyaviy sudga federal qonunlarning konstitutsiyaga muvofiqligini Rossiya prezidenti imzolaguniga qadar teşiriş huquqini beriş. Bunday tekşiruvlar prezident taqdimnomasiga asosan ötkaziladi;
▪️Konstitutsiyaga pensiyalar majburiy indeksatsiyasi va yaşaş minimumiga tenglaştirilgan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori haqidagi normalarni kiritiş.
Uşbu takliflar oqibati ölaroq, Dmitriy Medvedev boşliq Rossiya hukumati töliq tarkibda isteʼfo berişini eʼlon qildi. Putin Medvedevga Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari lavozimini taklif qildi.
