Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy özgarişlar
Qabul-2020: Fanlar majmuasidagi asosiy özgarişlar
KunUz naşri taʼlim yönalişiga mos fanlar yuzasidan abituriyent va öqituvçilardan tuşayotgan murojaatlarga asosan, Davlat test markazi bilan boğlanib, asosiy özgarişlarga aniqlik kiritdi.
1. Özbek filologiyasi yönalişida ikkinçi fan – çet tili
Yangi tasdiqlangan fanlar majmuasida «5120112: Filologiya va tillarni öqitiş (tillar böyiça)» yönalişi böyiça ona tili va adabiyot hamda çet tili fanlaridan imtihon olinişi belgilangan.
«Biroq negadir röyxatda 2019-2020 öquv yili uçun fanlar majmuasida körsatilgan «5120101: Filologiya va tillarni öqitiş: özbek tili» yönalişi va unga qaysi fanlardan imtihon olinişi körsatilmagan.
Şu sababli özbek filologiyasi yönalişida öqişni xohlagan abituriyentlar qaysi fanlardan imtihon topşirişni bilişmayapti. Ona tili va adabiyotdan taşqari ikkinçi fan tarixmi yoki çet tili?» – deb yozadi samarqandlik öqituvçi Samgin Qurbonov.
DTM matbuot xizmati maʼlumotiga köra, «5120112: Filologiya va tillarni öqitiş» taʼlim yönalişlarining barçasida yönalişga mos fanlar sifatida ona tili va adabiyot hamda çet tili fanlari tasdiqlangan.
Nafaqat «Filologiya va tillarni öqitiş», balki «Xorijiy til va adabiyoti», «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» kabi taʼlim yönalişlarining barçasi tillar böyiça bitta guruhga birlaştirilgan.
2. Tarix yönalişida ikkinçi fan – geografiya
Bu yil tarix yönalişlari uçun tarix va geografiya fanlaridan imtihon olinadi. Avvallari bu yönalişga kirişdagi ikkinçi fan ona tili va adabiyot edi.
3. Toşkent davlat yuridik universiteti, yurisprudensiya yönalişi
TDYUUga kiriş uçun fanlar majmuasi 2019-yilgaça tarix (3.1 ball), ona tili va adabiyot (2.1), çet tili (1.1) ketma-ketligida, 2019-yili esa ona tili va adabiyot (3.1 ball), çet tili (2.1), tarix (1.1) etib belgilangan edi.
2020-yildan esa mazkur universitet uçun ham boşqa OTMlarning yurisprudensiya yönalişlari kabi tarix va çet tilidan test olinişi belgilangan.
4. Turizm yönalişi
«5610300: Turizm (faoliyat yönalişlari böyiça)» yönalişida ham özgartiriş kiritilgan bölib, endilikda turizm sohasida öqimoqçi bölgan abituriyentlar çet tili va tarix fanlaridan imtihon topşirişadi.
Lekin turizmga oid boşqa yönalişlarda, masalan, «Turizm sohasida marketing», «Turizm sohasida logistika» kabi qator yönalişlar uçun çet tili va matematika fanlaridan imtihon qöyilgan.
👉 @xushnudbek 👈

