Prezident granti uçun ötiş bali 185,85 ballni taşkil qildi
Prezident granti uçun ötiş bali — 185,85 ballni taşkil qildi
DTMning mandat saytidagi röyxatda Prezident granti uçun daʼvogarlik qiladigan abituriyentlar röyxati eʼlon qilindi. Unga köra, 185,85 balldan yuqori körsatkiçga erişgan 233 nafar abituriyent Prezident grantiga daʼvogarlik qiladigan böldi.
Çunki qoidaga binoan, 200-örindagi abituriyent bilan bir xil ball töplagan barça abituriyentlar uşbu grantga daʼvogarlik qilişadi. Natijalarga köra, 185-örindan 233-öringaça abituriyentlar bir xil 185,85 ball töplaşgan, şu sababli barçasi Prezident grantiga daʼvogarlik qilişadi.
Şuningdek, respublika böylab jami 75 nafar abituriyent eng maksimal 189 ball töplaşdi.
Eslatib ötaman, Prezident grantini olganlar garçi kontraktga kirgan bölsa ham, davlat granti asosida öqişadi.
Quyida Prezident grantiga daʼvogarlik qilayotgan 233 nafar abituriyentlarning OTM kesimidagi maʼlumotlari bilan tanişişingiz mumkin:
OTM nomi / daʼvogarlar soni
Toşkent davlat yuridik universiteti — 73
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti — 46
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 26
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti — 9
Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti — 9
Toşkent tibbiyot akademiyasi — 9
Toşkent moliya instituti — 5
Buxoro davlat universiteti — 4
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti — 4
Farğona davlat universiteti — 4
Navoiy davlat pedagogika instituti — 4
Qoraqalpoq davlat universiteti — 4
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti — 4
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti — 3
Namangan davlat universiteti — 3
Özbekiston Milliy universiteti — 3
Qarşi davlat universiteti — 2
Samarqand davlat çet tillar instituti — 2
Samarqand davlat universiteti — 2
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti — 2
Buxoro tibbiyot instituti — 1
Guliston davlat universiteti — 1
Jamoat xavfsizligi universiteti — 1
Jizzax davlat pedagogika instituti — 1
Nukus davlat pedagogika instituti — 1
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti — 1
Özbekiston xalqaro islom akademiyasi — 1
Qöqon davlat pedagogika instituti — 1
Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti — 1
Samarqand davlat tibbiyot instituti — 1
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti — 1
Termiz davlat universiteti — 1
Toşkent axborot texnologiyalari universiteti — 1
Toşkent davlat stomatologiya instituti — 1
Toşkent pediatriya tibbiyot instituti — 1
P.S.: uşbu maʼlumotlar koronavirusga çalingan yoki test kuni isitmasi yuqori bölgan abituriyentlar uçun ötadigan qöşimça test natijalaridan keyin özgarişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 4

